Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanida karantin bosqichma-bosqich yumshatiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SSV va ushbu viloyatlar hokimlariga kasallik yuqtirish xavfi yuqori, o‘rta va past darajada bo‘lgan tuman hamda faoliyat turlarini tahlil qilib, karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘i berildi.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatlarini tiklash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror ishlatish, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, Farg‘onada 120 nafar, Qashqadaryoda 6 nafar fuqaro koronavirus bilan kasallangan.

Karantin davrida Farg‘onada 10 ming, Qashqadaryoda 11 mingta korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari keskin kamaygan. Buning oqibatida ayni paytda ishsizlar soni oshgan. Undan tashqari, Farg‘onada 56 mingta, Qashqadaryoda 91 mingta ehtiyojmand oila mavjud.

“Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi va ushbu viloyatlar hokimlariga kasallik yuqtirish xavfi yuqori, o‘rta va past darajada bo‘lgan tuman hamda faoliyat turlarini tahlil qilib, karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish topshirig‘i berildi”, - deyilgan xabarda.

Joriy yilda qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun Farg‘onadagi 130 ta obyektga 632 milliard so‘m, Qashqadaryodagi 132 ta obyektga 536 milliard so‘m ajratilgan. Lekin birinchi chorakda mablag‘larni o‘zlashtirish va loyihalarni amalga oshirish rejadagidan ancha ortda qolgan.  

Prezident aholi bandligini ta’minlash uchun qurilishlarni davom ettirishga ruxsat berilganini inobatga olib, mazkur ikki viloyatdagi obyektlarda belgilangan ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0