12:30 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)
203740

Tadqiqotchilar koronavirusga oid maʼlumotlarni 131 ta mamlakat boʻyicha oʻrganishgan. Taxminni tuzishda SIR-model – infektsiya tarqalishining matematika modelidan foydalanilgan.

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Singapur texnologiyalar va dizayn universiteti (SUTD) tadqiqotchilari Sobiq ittifoq davlatlari hududida koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat hammadan oldin Oʻzbekistonda – 2020 yil 24 mayga kelib yakunlanishini taxmin qilishdi. Bu haqda RIA Novosti SUTD innovatsiyalar laboratoriyasi tomonidan eʼlon qilingan hisobotga tayangan holda xabar qilmoqda.

Hisobotda keltirilishicha, Gruziya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Moldovada 6, 14, 18 va 25 iyunda, Ukrainada esa 28 iyulda COVID-19 tarqalishi yakunlanadi.

Tadqiqotchilar fikriga koʻra, Belarus va Armanistonda koronavirus tarqalishi 14 va 20 avgustga kelib oʻz nihoyasiga yetadi. Taxminga koʻra, Qozogʻistonda esa epidemiya faqat 27 sentyabrga kelib ortda qoladi.

Tojikiston va Turkmaniston tadqiqotchilar roʻyxatiga kiritilmagan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu davlatlarda COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etilmagan.

Tadqiqotchilar koronavirusga oid maʼlumotlarni 131 ta mamlakat boʻyicha oʻrganishgan. Taxminni tuzish uchun, xususan, SIR-model – infektsiya tarqalishining matematika modelidan foydalanilgan. Modelda virus yuqtirib olganlar, tuzalganlar, kasallikka moyillik surʼati bayon qilingan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda 1887 ta koronavirus bilan bogʻliq holat qayd etilgan. Shulardan 880 nafari tuzalib ketgan. Faqat 8 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)

Asosiy mavzular