10:52 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
197 0 0

Karantin markazining asosiy vazifalaridan biri koronavirus infektsiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni qabul qilish, saqlash va karantin majmuasidan chiqarishni tashkil etish hisoblanadi.

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi huzurida vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuani boshqarish boʻyicha maxsus markaz tashkil etiladi. Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Karantin markazining asosiy vazifalaridan biri koronavirus infektsiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni qabul qilish, saqlash va karantin majmuasidan chiqarishni tashkil etish hisoblanadi.

Karantin markazi Toshkent shahar hokimligining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

Karantin markazi direktori Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Karantin majmuasiga tegishli mutaxassis, xodimlar va harbiy xizmatchilar biriktirilib, ular mehnat va xizmat faoliyatini asosiy ish joyidan ajralgan va oylik ish haqi (pul taʼminoti) saqlangan holda olib boradi. Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ularni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish choralari koʻriladi.

Qaror bilan mazkur majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, chegara bojxona postlaridan oʻtayotgan yoʻlovchilar dastlab sanitariya-karantin punktlarida tibbiy-sanitariya koʻrigidan oʻtkazilgandan soʻng chegara va bojxona xizmatlari nazoratidan oʻtkaziladi.

Shunga koʻra, chegaradan oʻtayotgan shaxslar roʻyxati shakllantiriladi va elektron aloqa vositalari orqali markazga yuboriladi.

Markaz shu roʻyxat asosida karantinga olinadigan shaxslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli xonalar ajratilishini taʼminlaydi.

Nizom bilan karantin majmuasiga joylashtirish tartibi belgilandi.

Fuqarolar Karantin shaharchada qanday yashamoqda
Xokimiyat g. Tashkenta / Sputnik / Dilshoda Raxmatova

Karantinga olingan shaxslar karantin majmuasida 14 kun davomida yoki karantinga olingan shaxsning sogʻligʻi holatiga koʻra sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida saqlanadi.

Karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli boʻlgan mobil telefon, audio va video vositalar, kredit kartalar hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qoʻyiladi.

Karantinga olingan shaxslar tashqaridan har qanday koʻrinishdagi pochta joʻnatmalari, posilka va banderollar qabul qilishi taqiqlanadi, bundan quyidagi joʻnatmalar mustasno:

- surunkali kasalikka chalingan karantinga oligan shaxslar uchun dori-darmon vositlari;

- davolovchi shifokor tavsiyasiga koʻra maxsus parhez mahsulotlari;

- bolalarga moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlari va zarur gigiyena mahsulotlari;

- qoʻshimcha gigiyena vositalari, kiyim-kechaklar va adabiyotlar.

Karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslarni nazorat qilish ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari hamda karantin majmuasi xodimlaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan navbatchilik guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular