TIV: xorijdagi fuqarolarni qaytarish uchun yangi reyslar haqida ma’lumotga ega emasmiz

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTerminal prinyal pervix passajirov, priletevshix reysom "Uzbekskix avialiniy" iz Seula v Tashkent.
Terminal prinyal pervix passajirov, priletevshix reysom Uzbekskix avialiniy iz Seula v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi chet eldagi fuqarolar qaytishlari uchun yangi charter reyslar jadvali haqida ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni xorijdan olish kelishni tashkillashtirishga oid muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytardi.

- Chet elda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolar qaytishi uchun charter reyslar jadvali bormi?

- Hozirgi vaqtda vazirlik chet eldagi o‘zbekistonlik fuqarolar qaytishlari uchun charter reyslar jadvali haqida ma’lumotga ega emas.

- Agar shunday jadval bo‘lsa, uni e’lon qilish mumkinmi? Qatarda bo‘lgan o‘zbekistonliklar hozirda ishsiz qolishgan va uyga qaytishni xohlashadi. Ular charter reyslarni qancha kutish kerakligi to‘g‘risida bilishmoqchi?

- Charter reyslarni tashkillashtirish to‘g‘risida Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi. Maxsus komissiyaning tegishli qarori qabul qilinganidan so‘ng, charter reyslar va ularning yo‘nalishlari to‘g‘risidagi xabar internet resurslarda e’lon qilinadi.

Qatardagi yurtdoshlarimizga Quvaytdagi O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilish va charter reyslar bilan vataniga qaytish istagida bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilishi uchun kerakli hujjatlarni (pasport ma’lumotlari va telefon raqami) taqdim etish tavsiya etiladi.

Maxsus komissiya tomonidan charter reyslar jo‘natilishi sanasi aniq qilingandan so‘ng Elchixona yurtdoshlarimizni qaror haqida xabardor qiladi.

- Agar jadval yo‘q bo‘lsa, unda TIV chet eldagi o‘zbekistonliklarga qanday yordam bermoqchi? TIVning bunday imkoniyati bormi? TIVda chet eldagi o‘zbekistonliklar bilan aloqa bormi?

- Charter reyslar jadvali to‘g‘risida ma’lumot yo‘qligini e’tiborga olib, TIV chet eldagi hamurtlarimizga O‘zbekistonning elchixonalari yoki konsul tashkilotlariga batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qilishlarini tavsiya qiladi.

Avvalroq O‘zbekiston parvozlar cheklovini 30-iyunga qadar uzaytirgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0