Deputatlar bir necha yillik og‘riqli masalaga nuqta qo‘ydi

© Sputnik / Yuliya Chestnova / Mediabankka o‘tishOformlenie vremennoy propiski
Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputatlar Toshkentda propiska masalasini tartibga soluvchi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar Toshkent va Toshkent viloyatida propiska masalasini tartibga soluvchi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “doimiy propiska” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlariga almashtirilmoqda.

Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Turar joyida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi 1-sentabrdan o‘zgaradi - prezident qarori

Bundan tashqari aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida bo‘lgan uy-joy maydoniga ham doimiy ro‘yxatga turish imkoniyati berilmoqda.

Er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda propiskani yo‘qotishiga doir qoidalar bekor qilinyapti. Qolaversa, er-xotinga ular nikohdan o‘tgan kunning o‘zida yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga qo‘yish huquqi berilmoqda.

Davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz besh yil va undan ortiq bo‘lgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) tegishli organ yoki tashkilot rahbarining ma’lumotnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a’zolariga doimiy ro‘yxatga turish bo‘yicha yangi band kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0