19:11 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
1052 0 0

Karantinli va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi rahbari Oʻzbekistonda kasallik tarqalishini oldini olishga qarshi koʻrilayotgan choralar haqida. 

TOSHKENT, 1 may - Sputnik. Oʻzbekistonda kasallik choʻqqisidan oʻtdi, kasallanganlar soni kamayishi kuzatilmoqda, dedi Sogʻliqli saqlash vazirligi huzuridagi Karantinli va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi rahbari Marufjon Madaminov, Sputnik muxbiriga. 

Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi kurash boʻyicha maxsus komissiya qaroriga koʻra, alohida hududlarda karantin bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. Kasallanganlar soni barqarorlashgan hududlarda jamoat transporti va korxonalar ishga tushgan. Toshkentda ertalab va kechqurun shaxsiy transportdan foydalanishga va oʻzaro masofa saqlagan holda koʻchada sayr qilishga ruxsat berildi. 

Shu bilan bir vaqtda xalqaro aviatsiya parvozlarini 30 iyundan oldin yangilash belgilanmagan. 

Mutaxassis fikriga koʻra, ushbu qadamlarning har biri muayyan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan. 

"Biz epidemiya choʻqqisidan va tekisligidan (plato) oʻtdik. Endi kasallik yuqqanlar soni kamayishi kuztilmoqda. Lekin ushbu jarayon turli hududlarda turlicha yuz bermoqda. Aholi soni koʻp boʻlgan Toshkent, Buoro, Samrqand va Fargʻona vodiysida - kasallik yuqish holatlari uchramoqda. Chetdan olib kelish holatlari butunlay toʻxtatilgan. Shu sababli bosqichma-bosqich cheklovlarni olib tashlashga qaror qilindi. Iqtisod ham toʻxtab qolmasligi kerakb sekin-sekin ish tartibiga ham oʻtish kerak", - dedi Madaminov. 

Mutaxassis fikriga koʻra, xalqaro parvozlarni bekor qilish turli mamlakatlardain infektsion vaziyat turlicha ekani bilan bogʻliq. Qayerdadir kasallik choʻqqisi hali oʻtilmagan. Lekin vaziyat oʻzgarishi mumkin. Oʻshanda havo yoʻnalishlari ochilish muddati qayta koʻrib chiqilishi mumkin. 

30 aprel holatiga Oʻzbekitonda 2039 kishida koronavirus aniqlangan. ulardan 1133 nafari allaqachon tuzalib uyiga javob berilgan. 

Asosiy mavzular