Ishsizlik nafaqasi kimga va qancha davrga to‘lanadi

© Mintruda UzbekistanaSentr podennoy raboti
Sentr podennoy raboti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ishsizlik nafaqasi faqat ish qidirayotgan shaxs sifatida mehnat birjasidan ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarga muayan vaqt davomida to‘lanadi.

TOShKENT, 1-may - Sputnik. Huquqiy axbrot telegram kanali O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi kimga va qancha vaqt mobaynida to‘lanishini yana bir bo eslatib o‘tdi.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Karantin sababli ishdan bo‘shaganlar ishsizlik nafaqasini olsa bo‘ladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ishsizlik nafaqasi ishidan mahrum bo‘lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, shuningdek uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga to‘lanadi, - deyilgan kodeksda.

Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, 35 yoshga to‘lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq to‘lanadigan jamoat ishlarida belgilangan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi.

Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan:

  • ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga 12 oylik davr mobaynida 26 kalendar hafta;
  • ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa 13 kalendar hafta mobaynida to‘lanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Mehnat kodeksida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi buzilgan hollarda ishdan bo‘shatilgan xodimga ishdan bo‘shash nafaqasi to‘lanishi belgilangan.  

Yangiliklar lentasi
0