Jahon banki O‘zbekistonga 200 million dollar ajratdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishVesennie vstrechi MVF i VB
Vesennie vstrechi MVF i VB - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon banki O‘zbekistonga COVID-19 oqibatlarini yumshatish uchun 200 million dollar ajratdi. Ushbu mablag‘ sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish uchun yo‘naltiriladi.

TOShKENT, 1-may - Sputnik. Jahon bankining mablag‘lari soliq tushumlarining sezilarli darajada pasayishi va COVID-19 ta’siriga qarshi choralar uchun xarajatlarning kutilmagan darajada ko‘payishi sharoitida davlat budjetini to‘ldiradi, deya xabar beradi moliya instituti sayti.

Jahon bankining Ijrochi direktorlar kengashi bugun pandemiya jiddiy zarar yetkazgan sog‘liqni saqlash, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni qo‘shimcha moliyalashtirish uchun 200 million dollar ajratishni ma’qulladi.

Buning oqibatlarini yumshatish uchun O‘zbekiston hukumati sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoyani kengaytirish va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi inqirozga qarshi choralar majmuini e’lon qildi.

"Ushbu operatsiya doirasida Jahon banki tomonidan taqdim etilayotgan qo‘shimcha moliyalash, virusning tarqalishini kamaytirish, odamlarning azoblanishini yengillashtirish va O‘zbekistondagi inqirozning iqtisodiy oqibatlarini minimallashtirishga qaratilgan hukumatning inqirozga qarshi choralarini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi", - dedi Xideki Mori, Bankning O‘zbekistondagi mintaqaviy menejeri.

Ushbu moliyalashtirish Jahon banki tomonidan 2020-yil aprel oyida tasdiqlangan COVID-19 inqirozining oqibatlarini tezda bartaraf etish doirasida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash uchun 95 million dollarlik yordam paketini to‘ldiradi.

Eslatib o‘tamiz, 7-aprel kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy himoya institutlari va muassasalari va budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,2 milliard dollar miqdorida mablag‘larni operativ ajratish masalasi faol o‘rganilayotgani haqida xabar bergan edi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Jahon bankining vitse-prezidenti Siril Muller videokonferensiyada formatida pandemiyaning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish uchun bank tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarni muhokama qildilar.

Yangiliklar lentasi
0