10:45 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
353 0 0

Sardoba suv omborida yuz bergan ofat natijasida jabr koʻrganlarga koʻmaklashish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” xayriya aktsiyasiga start berildi.

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Sardoba suv omborida yuz bergan ofat natijasida jabr koʻrganlarga koʻmaklashish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” xayriya aktsiyasiga start berildi.

Insonparvarlik yordami ortilgan birinchi yuk mashinalari Sirdaryoga yetkazildi.

Mazkur aktsiyani “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi. Aktsiya doirasida maxsus hisob raqami ochilib, yigʻilgan mablagʻlardan ust-kiyimlar, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur buyumlar sotib olinadi.

Aktsiya davomida adliya organlari mutaxassislari jalb qilingan holda bepul huquqiy maslahatlar berish va davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda koʻrsatish rejalashtirilgan.

Vazirlik taʼkidlashicha, Konrad Adenauer fondi, Shodiyev xalqaro fondi, Ezgu maqsad jamoat fondi, OU7 fondi, Oʻzbekiston – Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati, sport federatsiyalari va boshqa tashkilotlar hamda faol fuqarolar tashabbus koʻrsatib, aktsiyaga qoʻshildi.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston barcha viloyatlaridan yordam karvonlari yuborilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, 1 may kuni soat 05:55da “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan va Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga, Mirzaobod tumanidagi “Navbahor”, “Haqiqat” va “Bahoriston” MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan.

Oqibatda "Qoʻrgʻontepa", "Doʻstlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11,6 ming nafar aholi xavfsiz joyga koʻchirilgani haqida xabar qilingan edi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular