19:51 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
78710

Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan zarar koʻrgan tumanlarida ofat oqibatlarni bartaraf etish jarayoni davom etmoqda.

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yana Sardoba suv ombori oldiga keldi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Prezident amaldorlarga toshqin oqibatlarini tezda bartaraf etish boʻyicha yangi vazifalar qoʻydi.

FVV matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan zarar koʻrgan tumanlarida ofat oqibatlarini bartaraf etish jarayoni davom etmoqda.

1 may kuni yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini tezda bartaraf etish uchun qoʻshimcha kuchlar Sirdaryo viloyatining suv bosgan hududlariga olib kelinmoqda.

Bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligining yana 400 nafar xodimi va 200 ga yaqin maxsus texnika, shu jumladan, oʻt oʻchirish mashinalari va suv haydash uchun moto-pompalar olib kelindi. Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va FVDXning boshqa idoralari tomonidan qoʻshimcha kuchlar jalb etilmoqda.

Ayni paytda, maxsus texnika yordamida uy va boshqa infratuzilmalardan suv tortib olinmoqda, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Suv toshqini oqibatlari bartaraf etilgan uylarga odamlarni qisman qaytarish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular