00:27 31 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (880)
150110

Respublikada tuzalganlar soni tez suratlarda oshmoqda, 1,3 mingdan ortiq kishi kasallikni yengishga muvaffaq boʻldi.

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Bir sutka davomida Oʻzbekistonda yana 18 kishida koronavirus infektsiyasi aniqlandi. Mamlakat boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2136 nafarni tashkil qilmoqda.

Kasallikni yengish

Bugun Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan 7 nafar, Toshkent shahrida 14 nafar, Xorazmda 7 nafar, Andijonda 8 nafar, Fargʻonada 3 nafar bemor sogʻaydi.

Ular sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Mamlakat boʻylab koronavirus infektsiyasidan butunlay sogʻayganlar 1319 nafarni tashkil etmoqda.

COVID-19 qurboni

Koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan namanganlik bemor vafot etdi. U 20 aprelda kasalxonaga yotqizilgan. 29 yildan buyon yotoqdagi bemor boʻlishi bilan birga birinchi guruh nogironligi ham belgilangan. Bemor tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu Oʻzbekistonda oʻninchi oʻlim holatidir.

Feyk rolik

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida yaqin ikki kunda Toshkent shahrida karantin choralari bekor qilinishi haqidagi videomaterial yolgʻon va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming soʻmdan 89 mln 200 ming soʻmgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tashuvchilar uchun cheklov

Oʻzbekiston COVID-19ning tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat tufayli qoʻshni mamlakatlarning avtotransport vositalari uchun vaqtincha cheklovlarni joriy etdi.

Hozircha respublikaga faqat maʼlum oʻtish punktlari orqali kirish mumkin: tojikistonlik haydovchilar uchun bu “Sarosiyo”, “Oybek” va “Plotina” oʻtkazish punktlari, Afgʻonistondan “Termiz”, Turkmanistondan “Olot” terminali, Qirgʻizistondan “Doʻstlik”, “Oʻzbekiston”, “Vodil”, “Chashma" va "Ok kiya", Qozogʻistondan "Dout-ota", "Guliston", "Yallama", "Zangiota" va "Toshkent".

Maxsus ajratilgan toʻxtash joylaridagi tranzit transport vositalarining barcha haydovchilari COVID-19 test topshirishi shart.

Oʻzbekistonda ular himoya kiyimlari, qoʻlqop va tibbiy niqoblarda boʻlishlari kerak.

COVID-19 dunyo boʻylab tarqalishi

BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 3,2 million ziyod kishi virusga chalingan, 230 ming kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (880)

Asosiy mavzular