O‘zbekistonning yana bir viloyati koronavirusdan xoli hududga aylandi

© Press-slujba Minzdrava UzbekistanaV Uzbekistane vizdoroveli yeshe patero zabolevshix koronavirusom
V Uzbekistane vizdoroveli yeshe patero zabolevshix koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu paytga qadar Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari koronavirusdan xoli hududga aylangan edi. Ular qatoriga Navoiy viloyati ham qo‘shildi.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Bugun, 4-may kuni, Navoiy yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirusga chalingan so‘nggi bemor butkul sog‘aydi va Navoiy viloyati uchinchi koronavirusdan holi hududga aylandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Probirki s krovyu - Sputnik O‘zbekiston
Shifobaxsh qon: ekspert COVID-19dan davolashning yangi uslubi mohiyati haqida so‘zlab berdi

Qayd etilishicha, sog‘aygan bemor ayol 45 yoshda bo‘lib, Toshkent shahridan. Muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Shu paytga qadar Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida ham koronavirusga chalingan barcha bemorlar sog‘aygan edi. Ular qatoriga Navoiy viloyati ham qo‘shildi.

Shuningdek, bugun Farg‘ona viloyatida 8, Namangan viloyatida 17, Samarqand viloyatida 2, poytaxtda 17 nafar bemor sog‘aydi.

Shu tariqa, mamlakat bo‘ylab koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar 1364 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanganlar 2160 kishiga yetgan. 10 kishi esa virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0