22:13 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
304 0 0

MISiS mutaxassislari yosh bolalarning ruhiy tiklanishlari uchun maxsus psixologik mashgʻulotlar oʻtkazmoqda. Shu kunga qadar jami mingga yaqin oilalar bilan targʻibot ishlari olib borildi.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi ishchi-xodimlar, professor-oʻqituvchilar, volontyorlar Sardoba fojiasida jabr koʻrgan oilalarga koʻmak koʻrsatish maqsadida, xayriya ishlarini boshlab yuborishdi.

Ular tomonidan homiylar koʻmagida toʻplangan bir necha yuk avtomashinalarida kundalik roʻzgʻor uchun zarur boʻlgan oziq-ovqatlar bilan birga issiq kiyim-kechaklar, roʻzgʻor buyumlari, gigiyenik vositalar, badiiy kitoblar, oʻquv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga yetkazildi.

Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy universitetlar filiallarining xodimlari, jumladan, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning (Rossiya) Olmaliq shahridagi filiali professor-oʻqituvchilarini ham bu ishlarda faol qatnashdi.

MISiS mutaxassislari joylarda vaqtinchalik koʻchirilgan aholi muammolarini hal etishda samarali ishtirok etmoqda.

Shu bilan bir qatorda aholi orasida tushkunlik kayfiyatini oldini olish maqsadida MISiS vakillari yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida joylarda keng tushuntirish ishlarini olib bormoqda, maxsus guruhlarda ijtiomiy psixologik treninglar tashkil qilmoqda.

Yosh bolalarning ruhiy tiklanishlari uchun esa maxsus psixologik mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda. Shu kunga qadar jami mingga yaqin oilalar bilan targʻibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, MISiS vakillari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari boʻyicha bir qator musobaqalar ham tashkil etilyapti.

Eslatib oʻtamiz, Sirdaryoda 1 may kuni Sardoba suv ombori toʻgʻoni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelgan edi.  70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga koʻchirilgan va kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular