Aybdorga huquqiy chora belgilanadi - IIV Yulduz Usmonova bilan bog‘liq vaziyat haqida

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV Yulduz Usmonova bilan bog‘liq vaziyatga huquqiy baho berish uchun surishtiruv olib borilayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 5-may - Sputnik. Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, xonanda Yulduz Usmonova tomonidan Ichki ishlar xodimlari faoliyatidan norozilik aks etgan videolavha bo‘yicha rasmiy xabar e’lon qildi. Unda ushbu voqea tafsilotlarini ma’lum qilingan

"Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan fuqaro Yu.Usmonovaning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Ish yakuni bo‘yicha holatga oydinlik kiritilib aybdorlarga qonuniy tartibda chora belgilanadi", - deyilgan IIV xabarida. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2 may kech soat 21:00larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi Yulduz Usmonovaning xonadoniga 30ga yaqin fuqarolar Sirdaryo viloyati Sardoba  suv omoborida jabrlanganlar uchun yordam berish maqsadida oziq-ovqat hamda boshqa mol-mulklarni olib kelgan.

Zdanie MVD Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
IIV fuqarolarni soxta xayriya yig‘imlaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi

Ushbu yuklarni manzilga yetkazib berish maqsadida hududga biriktirilgan PPX xodimlari ularni mashinaga ortishga yordamlashib, Sirdaryo viloyatiga to‘planib ketadigan yig‘in joyiga - “Turkiston” san’at saroyiga kuzatib qo‘yishgan.

Shundan so‘ng, Yulduz Usmonova to‘plangan yuklarni darhol, ya’ni 3-may soat 00.10larda YHXB xodimlari kuzatuvi ostida Sirdaryo viloyatiga jo‘natilishini talab qilgan. Ichki ishlar xodimlari Yu.Usmonovaga Sirdaryo viloyatiga chiqish belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma asosida, kunduzgi vaqtda hamda uyushgan holda amalga oshirilishini tushuntirishlariga qaramasdan, uning asossiz tanqidiga uchraganlar. 

"Jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, o‘ta madaniyatsizlik bilan turli haqoratomuz so‘zlarni gapirayotgan ayolga belgilangan tartibni tushuntirishga uringan xodimlar, ziddiyatli vaziyatni keskinlashib ketishini oldini olish maqsadida, ushbu ayol bilan muloqotni to‘xtatib, o‘z xizmat vazifalarini davom ettirganlar. Shundan so‘ng, Yu.Usmonova ijtimoiy tarmoq orqali “on-layn” tarzda ichki ishlar organlarini obro‘sizlantiruvchi, asossiz haqoratlar aks ettirilgan videorolikni tarqatgan", - deyilgan IIB xabarida. 

 

 

Yangiliklar lentasi
0