03:12 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
46301

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonining oʻpirilishi oqibatida Qozogʻistondagi 5 ta aholi punkti suv ostida qolgan.

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Oʻzbekiston Qozogʻistonning suv bosgan hududlarini qayta tiklashda yordam beradi va Turkiston viloyati hokimi (akimi) Umirzak Shukeyev oʻzbekistonlik mutaxassislar uchun chegarani ochishni soʻramoqda, deya yozadi Sputnik Qozogʻiston nashri.

“Biz kecha Oʻzbekistonda boʻldik va markaziy kollektor borasida muzokalarlar oʻtkazdik. Biz qayerda qanday xavf borligini koʻrib chiqdik. Kogali aholi punkti yaqinida qoʻshimcha kanallar qazamiz. Kecha bu haqda kelishib oldik”, - dedi u hukumat majlisida.

Shukeyev oʻzbekistonlik mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ish olib borilayotganini taʼkidlagan.

“Vaziyat barqarorlashganidan soʻng ular viloyatimizga oʻz texnikalari bilan keladi, yaʼni bizga yordam beradi. Biz esa oʻz tomonimizdan chegarani ochishimiz kerak”, - dedi Turkiston viloyati hokimi.

Shuningdek, u Oʻzbekiston hududida 10 ta aholi punkti suv ostida qolib, 70 ming kishi evakuatsiya qilinganini qoʻshimcha qildi.

“Oʻzbekistonda ham vaziyat qiyin va biz ushbu vaziyatni birgalikda bartaraf etamiz deb oʻylaymiz. Ertaga biz ham davlat komissiyasi bilan u yerga boramiz, yoʻlga hozirlik koʻrilmoqda”, - deya soʻzlariga yakun yasadi Shukeyev.

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonining oʻpirilishi oqibatida Qozogʻistondagi 5 ta aholi punkti suv ostida qolgan. Maktaaral tumanining 14 ta aholi punktidan 31,6 ming aholi evakuatsiya qilingan. 7 ta aholi punktida suv toshqini xavfi saqlanib qolmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Sirdaryoda 1 may kuni Sardoba suv ombori toʻgʻoni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelgan edi.  70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga koʻchirilgan va kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, fojiada bir Milliy gvardiya xodimi halok boʻlgan, ikkinchisi esa qidirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Sardoba toʻgʻonida yuz bergan hodisadan soʻng qozogʻistonlik hamkasbiga qoʻngʻiroq qilgan edi. Davlat rahbarlari Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bogʻliq joriy vaziyatni hamda uning mamlakatlar chegaraoldi hududlaridagi oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha yaqin hamkorlikni tashkil etish masalalarini batafsil muhokama qilgan.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular