13:11 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
294 0 0

Vertolyot yordamida qutqarilganlardan birining oyogʻi jarohatlangan, ikkinchisining esa tana harorati yuqori boʻlgan.

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Oqoltin tumanida favqulodda vaziyat hududida qolib ketgan ikki fuqaro vertolyot yordamida qutqarildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ularning biri 1985 yilda tugʻilgan boʻlib, bitta oyogʻi jarohatlangan. 24 yoshli ikkinchi fuqaroning tana harorati koʻtarilgan.

Qidiruv davomida topilgan bu ikki fuqaro zudlik bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan Mudofaa vazirligining harbiy mobil tibbiy markaziga olib kelingan va ularga zaruriy tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Evakuatsiya na vertolete postradavshix ot navodneniya v Sыrdarye
© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Evakuatsiya na vertolete postradavshix ot navodneniya v Sыrdarye

Taʼkidlanishicha, ular Sirdaryo viloyatining “Sardoba” suv ombori toʻgʻoni oʻpirilishi oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilingan Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot yordamida qutqarilgan. Fuqarolarni qutqarishda podpolkovnik Rahimjon Ergashev, kapitan Farhod Sharipov va kapitan Muzaffar Mamatov yaqindan yordam bergan. 

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular