02:19 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
145 0 0

Toshkent shahrida joylashgan Prezident xalq qabulxonalari Sardobadagi ofatdan aziyat chekkan oilalarga oziq-ovqatlar, gigiyenik vositalar va oʻquv qurollari yuborishdi.

TOSHKENT, 5 may - Sputnik. Bugungi kunda Sardobada zarar koʻrgan aholiga odiiy xalqdan tortib barcha davlat muassasalari ham yordam koʻrsatmoqda. Shu jumladan joylardagi prezident xalq qabulxonalari ham oʻz xayriyalarini jamlab joʻnatishdi. 

Xususan, Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan bir necha yuk avtomashinalarida jami 50 million soʻmdan ziyod kundalik roʻzgʻor uchun zarur boʻlgan kartoshka, piyoz, karam, sabzi, un, goʻsht, yogʻ, makaron, turli konserva va shirinliklar, shakar, tuxum, guruch, sut mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlar bilan birga issiq kiyim-kechaklar, roʻzgʻor buyumlari, gigiyenik vositalar, badiiy kitoblar, oʻquv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga yetkazildi, - deyilgan muassasa xabarida.

Eslatib oʻtamiz, 1 may erta tongda Sirdaryo viloyatida joylashgan "Sardoba" suv ombori toʻgʻonida yorilish yuz berib suv oqib chiqqan va bir necha qishloqlar suv ostida qolgan edi. FVV va boshqa davlat hukumat organlari vaziyatga tezkorlik bilan chora koʻrib, 11 mingdan ortiq aholini qoʻshni hududlarga xavfsiz joylarga koʻchirgan edi.

Narodnыe priyemnыe prezidenta
Narodnыe priyemnыe prezidenta otpravlyayut pomosh v Sirdaryu

Asosiy mavzular