23:03 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
24110

“Epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarganidan foydalanib, biz iqtisodiyotimizda karantin rejimini asta-sekin yumshatmasak boʻlmaydi”, - dedi prezident.

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev videoselektor yigʻilishi avvalida koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Mirziyoyev jahonda murakkab vaziyatdan chiqish uchun karantin choralarini asta-sekin yumshatayotgan davlatlar soni koʻpayib borayotganini qayd etdi.

Prezident bugungi kunda mamlakatda koronavirus yuqtirgan 2 ming 204 nafar bemordan 1 ming 454 nafari yoki 66 foizi toʻla sogʻayganiga urgʻu berdi.

Taʼkidlanishicha, karantindagi aholining 83 foizi oʻz uyiga qaytdi. Yaʼni, ijobiy surʼati kuchayib bormoqda. Shifoxonalarda qolayotgan 740 nafar bemorni davolash, salomatligini tiklab, oilasi bagʻriga qaytarish uchun barcha zarur choralar koʻrilmoqda.

Davlat rahbari bu ishlar osonlikcha boʻlmayotganini taʼkidladi. Hozirga qadar bunga Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 2 trillion 250 milliard soʻm sarflangani va 500 million dollar xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinganini eslatdi.

“Bugungi kunda butun dunyoda hech kim pandemiya yana qancha davom etishini bilmayapti. Shu sababli, qanchalik qiyin boʻlmasin, xalqimiz bilan birga pandemiya sharoitida, barcha talablarga amal qilgan holda, ishlash va yashashga oʻrganishimiz kerak. Epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarganidan foydalanib, biz iqtisodiyotimizda karantin rejimini asta-sekin yumshatmasak boʻlmaydi. Chunki bu tartib iqtisodiyotimiz rivojiga va aholimiz hayotiga juda katta salbiy taʼsir qilmoqda”, - dedi prezident.

Shuningdek, u fermer va tadbirkorlarga qulaylik yaratish uchun karantin talablarini yumshatish boʻyicha dastlabki qadamlar qoʻyilganini eslatdi.

Asosiy mavzular