13:19 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
350 0 0

Davlatimiz, jamiyatimiz hech kimni bunday kutilmagan falokatlar qarshisida yolgʻiz va eʼtiborsiz qoldirmaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev Buxoro va Sirdaryoda sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar borasida.

TOSHKENT, 5 may - Sputnik. Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir boʻlgan favqulodda vaziyatda  4 kishi halok boʻlgan 1 kishi bedarak yoʻqolgan - dedi Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni boʻlib oʻtgan selektor yigʻilishida. 

"Afsuski, hozirgacha 4 nafar fuqaromizning tabiiy ofat oqibatida halok boʻlgani, 1 nafari bedarak yoʻqolgani aniqlandi. Jumladan, aholini xabardor qilish va qutqaruv ishlarini olib borish jarayonida Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimini kuchli suv oqimi olib ketgan. Ular oʻz jonini fido qilib, yuzlab, minglab insonlar hayotini saqlab qolishdi", - deyilgan prezident nutqida. 

Undan tashqari, Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan va ularning barchasiga birinchi darajali zarur sharoitlar yaratilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar yetkazilmoqda, - dedi prezident. 

Bugungi kunda qator mahallalarda keng qamrovli tozalash-tiklash ishlari amalga oshirilyapti, natijada 53 mingdan ziyod aholi oʻz uylariga qaytishi yoki yaqin qarindoshlari uyiga koʻchib oʻtishi taʼminlandi.

Odamlarimiz hayotini saqlab qolish va evakuatsiya qilishda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatchilari muhim rol oʻynadi. Bugungi kunda ular avariya va tiklash ishlariga keng jalb etilgan.

Halok boʻlganlarning yaqinlari va oila aʼzolariga oʻzimning chuqur hamdardligimni bildiraman. Yigitlarimizning jasorati barcha kasbdoshlari va yoshlar uchun Vatanga, xalqimizga sodiqlik va fidokorona xizmat qilishning namunasi boʻlib qoladi, - dedi prezident oʻz nutqida.

Shavkat Mirziyoyeving nutqi bilan quyida toʻliq tanishishingiz mumkin. 

Asosiy mavzular