04:10 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
496 0 0

Prezident Sardobada sodir boʻlgan halokat yuzasidan keng qamrovli tergov ishlari olib borilayotganini va aybdorlar qonun oldida javob berishini taʼkidladi.

TOSHKENT, 5 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida sodir boʻlgan texnogen falokat buyicha tergov harakatlari boshlangani va aybdorlar qonun oldida javob berishini qatʼiy taʼkidladi

"Xalqimiz bir narsadan koʻngli toʻq boʻlishi kerak, hech qanday ortiqcha gap-soʻzlarga va mish-mishlarga oʻrin boʻlmasligi lozim. Mening topshirigʻimga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan suv toshqini bilan bogʻliq voqea yuzasidan obʼyektiv, xolis va keng qamrovli tergov harakatlari boshlangan. Xalqimizni ishontirib aytaman, tergov yakunlari boʻyicha barcha aybdorlar, kim boʻlishi va egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, qonun oldida javob beradi", - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Undan tashqari Oʻzbekiston prezidenti ushbu falokatdan soʻng xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda toʻgʻonning barcha dambalarini chuqur ekspertizadan oʻtkazilishini aytib oʻtdi. 

Shuningdek, tegishli davlat organlari tomonidan kuchli yogʻingarchilik sababli eroziya yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha gidroinshootlar, toʻgʻonlar va GESlarda tekshiruv ishlari olib borilayotgani aytib oʻtildi.

Asosiy mavzular