03:08 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
423 0 0

Qayd etilishicha, ushbu viloyatlar epidemiologik jihatdan “qizil” hududga kirishi eʼtiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Namangan va Samarqand viloyati “qizil” — yuqori xavfli hududga kiritildi.

Qayd etilishicha, ushbu viloyatlar epidemiologik jihatdan “qizil” hududga kirishi eʼtiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi.

Namangan viloyatida 6 may kuniga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infektsiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu koʻrsatkich boʻyicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi toʻrtinchi oʻrinda turibdi.

Koronavirusdan oʻlim holati boʻyicha esa (4 ta) Namangan poytaxt Toshkentdan soʻng (5 ta) ikkinchi oʻrinda qayd etilgan.

Samarqand viloyatida ham kasallangan bemorlarning atigi 23 foizi tuzalgan, xolos.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq karantin choralari yengillashtiriladigan hududlar alohida belgilanishi xabar qilingan edi. Tumanlar  va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (oʻrta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratiladi.

Asosiy mavzular