02:06 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (893)
96410

Ayni vaqtda Oʻzbekistonda yangi koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2231 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Bugun, 6 may soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2231 nafarni tashkil qilmoqda.

SSV maʼlum qilishicha, shifoxonalarda davolanayotgan bemordan 10 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir.

Tuzalish dinamikasi

Oʻzbekiston boʻylab koronavirus infektsiyasidan sogʻaygan bemorlar 1577 nafarga yetdi.

Bugun hozircha Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro, Xorazm va Samarqand viloyatlarida jami 76 nafar bemor tuzaldi. Ular orasida 78 yoshli otaxon ham bor.

“Qizil” hudud

Namangan va Samarqand “qizil” — yuqori xavfli hududga kiritildi. Hozircha bu hududlarda karantin qoidalari yumshatilmaydi.

Namangan viloyatida 6 may kuniga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infektsiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu koʻrsatkich boʻyicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi toʻrtinchi oʻrinda turibdi.

Koronavirusdan oʻlim holati boʻyicha esa (4 ta) Namangan Toshkentdan soʻng (5 ta) ikkinchi oʻrinda qayd etilgan.

Samarqand viloyatida ham bemorlarning atigi 23 foizi tuzalgan, xolos.

COVID-19 dunyo boʻylab tarqalishi

BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 3,5 million ziyod kishi yangi koronavirusni yuqtirib oldi, 243 ming kishi bu infektsiyadan vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (893)

Asosiy mavzular