20:15 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
270 0 0

Barcha hududlarda 9 may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulugʻ faxriylarning holidan xabar olish taʼqiqlanishi aytilmoqda

TOSHKENT, 8 may - Sputnik. 9 may — Xotira va qadrlash kunida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulugʻ faxriylarni ushbu bayram munosabati bilan tabriklash va ularning holidan xabar olish yuzasidan berilayotgan koʻplab savollar boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi qarori eʼlon qilindi.

Komissiya axborotida aytilishicha, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo va boshqa koʻplab xorijiy mamlakatlar tomonidan 9 may kuni bayram tadbirlari oʻtkazishda fuqarolarning jamoat joylarida toʻplanishi boʻyicha qatʼiy cheklovlar qoʻllanilayotganligi, shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga asosan koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish yoshi kattalarda ogʻir kechishini inobatga olib, ushbu bayramni faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etiladi.

"Yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qatʼiy nazar, barcha hududlarda 9 may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulugʻ faxriylarning holidan xabar olish taʼqiqlanadi.

Taʼkidlanishicha, ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va ragʻbatlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Komissiya axborotida, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida jamoat joylarida harakatlanishda, savdo doʻkonlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, shuningdek, uch kishidan koʻp shaxslarning toʻplanishi boʻyicha talablar saqlanib qolganligi, ushbu talablarni buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab boʻlishi mumkinligi eslatib oʻtilgan.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular