Rossiya OTMi Termizdagi faoliyatga aloqasi yo‘qligini xabar qildi

© Sputnik / Aleksey KudenkoPodacha dokumentov v vuzi
Podacha dokumentov v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya oliygohi O‘zbekiston Ta’limni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasi xabariga javoban, Termizda faoliyat yuritmasligini xabar qildi.

TOShKENT, 8-may - Sputnik. Rossiyaning Sharqiy-Yevropa instituti prorektori Varvara Novikova Sputnik nashriga O‘zbekiston hududida oliygohning filiali yo‘qligini xabar qildi. 

Shuningdek, Novikova ayni damda Oliygoh rahbariyati O‘zbekiston Ta’lim Nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasi sahifasida joylashtirilgan xabarga rasmiy raddiya tayyorlayotganini xabar qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 7-may Ta’lim Nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasi sahifasida Rossiyaning Sharqiy-Yevropa instituti O‘zbekiston hududida noqonuniy faoliyat olib borayotgani haqida xabar paydo bo‘lgan edi. Xususan ushbu oliygoh Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 22-sonli baxshichilik san’ati maktabi binosida noqonuniy faoliyat olib borayotgani ta’kidlangan. 

Davlat inspeksiyasi xabarida aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonning Oliy ta’lim haqidagi qonunida ishlab chiqish bilan birga yoki undan alohida, kunduzgi va kechgib sirtqi ta’lim haqida aytib o‘tilgan, lekin u yerda masofadan turib ta’lim olish nazarda tutilmagan. Shu sababli ushbu oliygoh diplomi O‘zbekistonda tan olinmasligi qayd etilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0