10:33 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
180450

Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida 1 may kuni toʻgʻon yorilishi natijasida kelib chiqqan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bir haftadan beri davom etmoqda. Jabrlangan hududlarga hayot qanday qaytayotgani haqda Sputnik maqolasida oʻqing.

TOSHKENT, 8 may - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugun sirdaryolik oʻn minglab aholi uchun asosiy savollar bu - qachon Sardobadagi hayot odatiy tusga qaytadi va umuman bu hodisadan keyin u yerda qolish mumkinmi?

Texnogen avariya tufayli bir nechta turar joy hududlari millionlab kubometr balchiq va loy ostida qoldi. Oqim oʻz yoʻlida koʻplab xususiy uylarni vayron qildi, 8 ta bolalar bogʻchasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, bitta kollej, 7 ta qabriston, 3 ta masjid va 13 ta respublika ahamiyatiga ega koʻpriklar shikastlandi. Yoʻllar yuvib tashlangan va dehqon bozori vayron boʻlgan. Afsuski, inson qurbonlarini ham oldini olib boʻlmadi - kamida toʻrt kishining haloq boʻlgani maʼlum.

Vxodnaya arka v odnoy iz maxalley zatoplennogo poselka
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sardobadagi mahallalardan birining kirish darvozasi

Ekin maydonlari ham suv ostida qoldi, oʻsimlik qoplami shikastlandi, oʻlgan hayvonlar koʻp. Favqulodda vaziyatning barcha holatlarini aniqlash va zararlarni hisoblash ishlarida qatnashgan ekologlarning soʻzlariga koʻra, baʼzi hududlar jiddiy eroziyaga uchradi, ammo qishloq xoʻjaligida ishlatilishi mumkin boʻlgan joylar ham mavjud. Mutaxassislarning fikriga koʻra, favqulodda holat bartaraf etilganidan keyin batafsil auditni oʻtkazish va bunday yerlarning kadastri qayta hisob-kitob qilinishi kerak boʻladi.

Katastrofik manzara

Tabiiy ofat hududiga ketayotib, Sirdaryoga suv bosgan qishloqlarni tiklash uchun gumanitar yordam, maxsus uskunalar va qurilish materiallari olib ketayotgan oʻnlab yuk mashinalarini quvib oʻtdik.

Press-slujba Ministerstva yustitsii
Sardobaga joʻnatilayotgan insonparvarlik yordam karvoni

Qarshimizda paydo boʻlgan manzara bizni hayrat va tushkunlikka soldi: baʼzi aholi punktlari hali ham suv ostida, yoʻllar oʻrniga parchalangan asfalt boʻlaklari, beton toʻsiqlar esa plastik kubiqlar singari sochilib ketgan. Shu yerning oʻzida maxsus texnika transport aloqalarini tiklash uchun ishlamoqda. Ishlar kechasi ham toʻxtamayapti.

Baʼzi binolar deyarli butunlay vayron boʻlgan, mustahkamroqlari esa suv va balchiqdan zarar koʻrgan. Goh u yerda, goh bu yerda toʻlqin  bilan olib ketilgan odamlarning shaxsiy buyumlarini koʻrish mumkin. Suv bosgan qishloq koʻchalarida baʼzan suv ostida qolgan mashinalar tomlari koʻrinadi.

  • Avtomobil Mersedes, okazavshiysya pod vodoy v zatoplennom poselke
    Avtomobil "Mersedes", okazavshiysya pod vodoy v zatoplennom poselke
    © Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
  • Posledstviya navodneniya v Sыrdarinskoy oblasti
    Posledstviya navodneniya v Sыrdarinskoy oblasti
    © Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
  • Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Sputnik / Dilshoda Raxmatova
  • Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Sputnik / Dilshoda Raxmatova
  • Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Sputnik / Dilshoda Raxmatova
  • Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Sputnik / Dilshoda Raxmatova
  • Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Sputnik / Dilshoda Raxmatova
  • Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Sputnik / Dilshoda Raxmatova
  • Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
    Sputnik / Dilshoda Raxmatova
1 / 9
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Avtomobil "Mersedes", okazavshiysya pod vodoy v zatoplennom poselke

Suv ketgan yoki FVV xodimlari uni tortib olgan joylarda, tiklash ishlari qizgʻin davom etmoqda. Kanalizatsiya tizimlari, suv tozalash inshootlari, koʻmish joylarining holati diqqat bilan oʻrganilmoqda. Energiya va gaz taʼminoti asta-sekin tiklanmoqda. Mintaqaga bir necha oʻnlab transformatorlar yetkazildi.Qayiqlardagi qutqaruvchilar jabr koʻrgan hududlarni oʻrganishni davom etmoqdalar – evakuatsiya qilishiga ulgurmagan yoki evakuatsiya qila olmagan odamlar qidirilmoqda. Shuningdek, oʻlgan hayvonlarning jasadlari atrofni ifloslanishini oldini olish uchun yigʻib olinmoqda. Yonimizdan tirkamasiga qoramollar jasadlari ortilgan traktor oʻtib ketdi, kamida 70 bosh. Ularni barchasini yoʻq qilishga toʻgʻri keladi.

Spasateli vыvozyat dlya utilizatsii tushi pogibshix domashnix jivotnыx
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sardobaning qaygʻuli manzaralari

Alohida masala - bu jabrlangan  hududlarni zararsizlantirish. Suvsizlantirilgan va vayronalardan tozalangan uylarga sanitar ishlov berilmoqda. Oqoltin tumani Axillik qishlogʻi, shu tuman nomili Qoʻrgʻontepa va Sardoba aholi punktlari, shuningdek Mirzaobod tumanidagi Baliqchilik qishlogʻi dezinfektsiya qilinmoqda.

Pojarnыe otkachivayut vodu iz podtoplennыx rayonov v Sыrdarinskoy oblasti
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Qutqaruvchilar uylarni suvdan tozalamoqda

Milliy gvardiya xodimlari, harbiylar va qutqaruvchilar hududlarni toʻplangan axlatlardan tozalashni davom etmoqda. Bundan tashqari, ular odamlarning vaqtincha yashash joylarida yongʻin va boshqa noxush hodisalar roʻy bermasligini taʼminlamoqdalar. Yoʻlda bizga uchragan milliy gvardiyachilardan biri bu yerga falokat roʻy berishi bilanoq kelganini aytdi. Evakuatsiya qilinganidan keyin oʻz uylariga qaytib kelgan mahalliy aholi ham vayronalarni yigʻishtirish va uy-joylarni tiklashga yordam bermoqda. Ular butun qolgan narsalarni qidirmoqdalar va ishchilar bilan birgalikda devorlarni va uylarning tomlarini tiklashmoqda.

Oqizib ketilgan sep va qutqaruvchilar uchun palov

Aksariyat Sardobaliklarning aytishicha, falokat ularga kutilmaganda keldi. Omborhona qirgʻogʻiga yaqin qishloqlarning birida yashovchi Dilbar opa falokatdan keyin uchinchi kuni hujjatlarini olgani uyiga qaytdi. Oʻshandan beri u uyidan ketmadi - u mahalliy aholiga yordamga kelganlarga ovqat pishirib ularni boqmoqda.

Likvidatsiya posledstviy CHS v Sardobinskom rayone Sыrdarinskoy oblasti
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Qutqaruvchilar yordamga shoshilmoqda

Ayolning eslashicha, 1 may kuni erta tongda ular favqulodda vaziyat haqida ogogʻlantirdan karnaylar ovozidan uygʻonishgan. Odamlarni zudlik bilan uylarini tark etishga chaqirishdi. Dilbar opa tabiiy ofat koʻlamini tasavvur qilmasdan oʻzi bilan hatto hujjatlarini ham olmadi.

"Biz qizimizni unashtirib sepini yigʻib qoʻygan edik. Uchinchi kuniga bu yerga qaytganimizda, hamma narsa suv ostida qolganini va balchiqqa botganini koʻrdik. Hammasini shunchaki tashlab yuborishga toʻgʻri keladi ... Ayniqsa, kitoblarga achinaman ...", - deydi u.

Tuygʻularni yengib, opa jilmayishga harakat qildi va darhol mehmondoʻstlik bilan oshga taklif qildi. Odamlar bir kechada deyarli barcha mulkidan ayrilgan boʻlsa ham, asosiy narsani - insoniylikni yoʻqotishmadi.

Yoʻqotishlarga qaramay, Sardobadagi fojia Dilbar opa va uning turmush oʻrtogʻiga qoʻrquv solmadi. Ular oʻz goʻshalarini tark etish niyatida emaslar - aksincha, qishloq aholisi bu yerga toʻlaqonli hayot qaytishini kutmoqda.

Likvidatsiya posledstviy CHS v Sardobinskom rayone Sыrdarinskoy oblasti
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sardoba manzarasi

"Prezident hamma narsa oʻz iziga tushadi deb aytdi - biz unga ishonamiz. Demak, albatta shunday boʻladi. Hech qisi yoʻq, omon qolamiz", - dedi uy egasi bizni eshik oldidan kuzatyatib.

Hamjihatlik va hayotga ishonch

Toʻgʻon, turar-joylarni va transport infratuzilmasini tiklash ishlari davom etmoqda. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev vaziyatni shaxsan nazorat qilmoqda va har kuni tezkor yigʻilishlar oʻtkazmoqda. U fojia yuz bergan joyga ikki marta tashrif buyurib, u yerda muammolarini hal qilish uchun mahalliy aholi bilan uchrashdi. Viloyat barcha zarur yordamni olmoqda. Ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun qutqaruvchilar va maxsus texnika hatto ofatdan jabr koʻrgan Qozogʻistonga ham yuborildi.

Dlya vosstanovleniya elektrosnabjeniya v postradavshiye rayonы dostavlenы novыe transformatorы
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Koʻchma elektr stantsiyalar Sardoba yetib keldi

Sardobadagi fojia Sirdaryoning odatiy hayotini butkul oʻzgartirib yubordi. Ammo bu voqea, qaysidir maʼnoda, jamiyatni qayta yukladi: favqulodda falokat xalqni umumiy mustibat atrofida jipslashtirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda "Sardoba-hashar" deb nomlangan guruhlar paydo boʻldi.

Oʻzbekistonning turli burchaklaridan kelgan koʻngillilar vatandoshlariga yordam berishga shoshilmoqdalar yoki oʻzlari qishloqlarni tiklashga yoʻl olmoqda. Odamlar nima qilish mumkinligini, yordam qayerdan qabul qilinayotganini, qayta tiklash ishlariga mablagʻlarni qayerga oʻtkazishni, kim boshpanaga muhtojligini aniqlash uchun yozib qoʻngʻiroq qilmoqdalar. Fojianing birinchi kunidanoq oʻzbek xalqi oʻzlari uyushib qalbining chaqirigʻi bilan jabrlanganlar uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, issiq kiyimlar, zaruriy narsalar va gigiyena vositalarini olib kelishni boshladilar.

Oldinda hali koʻp ish va mashaqqatlar turipti, kimdir hayotni deyarli noldan boshlashi kerak boʻladi. Suv ketadi, lekin lekin tiklangan uy, yoʻllar va koʻpriklarda aks etgan vatandoshlar mehribonligi odamlar xotirasida abadiy qoladi.

Asosiy mavzular