11:39 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
128321

Tibbiy konteynerlar koronavirus pandemiyasi vaqtida koʻchma gospital sifatida foydalanish uchun moʻljallangan.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan 144 dona koʻchma tibbiy konteynerni insonparvarlik yordami sifatida Tojikistonga yuborish haqida hukumatga topshiriq berdi, deb xabar beradi “Avesta” nashri.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

Bugun ertalab konteynerlar yuk poyezdi bilan Dushanbega yetkazib berildi.

Taʼkidlanishicha, konteynerlar koronavirus pandemiyasi vaqtida koʻchma gospital sifatida foydalanish uchun moʻljallangan.

Bemorlarni qabul qilish uchun yetarli joy boʻlmagan kasalxonalarga yordam berishi kerak. Konteynerda karavot, dush, sanuzel va konditsioner mavjud.

Konteynerlar “Bofanda” stadioniga yetkazib berish rejalashtirilmoqda, u yerda koʻchma shifoxona tashkil qilinadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular