20:13 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
52610

Oʻzbekistonlik yuqori malakali shifokorlar Tojikistonda COVID-19ga chalingan bemorlarni davolashda, kasallikning oldini olish va davolashda yordam berishadi.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Bir guruh yuqori malakali va tajribali shifokorlar Tojikistonga koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun yordamga joʻnab ketdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi.

Gruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobы pomoch v borbe s koronavirusnoy infektsiyey
Ministerstvo zdravooxraneniya Uzbekistana
Gruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobы pomoch v borbe s koronavirusnoy infektsiyey

Shifokorlar guruhiga reanimatolog-anesteziologlar, pulmonologlar, epidemiolog, infektsionist va virusologlar kirgan. Ularni Toshkent aeroportida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov kuzatib qoʻydi.

Undan tashqari, prezident Shavkat Mirziyoyevning buyrugʻiga asosan Dushanbe shahriga 144ta mobil tibbiy konteynerlar, kasallarni joylashtiril va davolash uchun gumanitar yordam sifatida yuborildi. Ushbu konteynerlardan kasallar uchun joy yetishmayotgan shifoxonalarda qoʻshimcha oʻrinlar yaratish maqsadida foydalaniladi. 

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Tojikistonda 461 kishida koronavirus aniqlangan. 12 kishi vafot etgan. 4,2 ming kishi tibbiy kuzatuv ostida.

Gruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobы pomoch v borbe s koronavirusnoy infektsiyey
Ministerstvo zdravooxraneniya Uzbekistana
Gruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobы pomoch v borbe s koronavirusnoy infektsiyey

Asosiy mavzular