03:59 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
135610

Respublikada koronavirusdan tuzalish boʻyicha kunlik eng yuqori koʻrsatkich qayd etildi, tuzalganlar soni —1775 nafarga yetdi, bu umumiy bemorlar sonidan 76 foizni tashkil qiladi.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2324 nafarni tashkil qilmoqda.

Bugundan boshlab Oʻzbekistonda karantin cheklovlari yengillashtirildi, "qizil", "sariq", "yashil" darajalar bilan chegaralanadigan rejim joriy qilindi.

Cheklov choralari hududlaridagi epidemiologik vaziyatga qarab qayta koʻrib chiqiladi.

Tuzalish dinamikasi

Oʻzbekistonda koronavirusdan toʻliq tuzalganlar soni —1775 nafarga yetdi.

Bugunning oʻzida Toshkent shahar (31), Sirdaryo (8), Namangan (22), Andijon (2), Buxoro (32), Xorazm (1), Samarqand (17), Surxondaryo (6) viloyatlarida jami 119 nafar bemor tuzaldi. 539 bemor davolanmoqda, 9 nafarining ahvoli ogʻir. 42 mingga yaqin fuqaro karantinda boʻlib turibdi.

Tojikistonga yordam

Koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashishga koʻmaklashish maqsadida katta tajriba va malakaga ega 8 nafar oʻzbekistonlik virusolog va epidemiolog shifokor Tojikistonga uchib ketdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Dushanbega insonparvarlik yordami sifatida 144 dona koʻchma tibbiy konteyner yetkazib berildi.

9 may haqida

Hududlarda "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qatʼi nazar, barcha hududlarda 9 may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulugʻ faxriylarning holidan xabar olish taqiqlanadi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va ragʻbatlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Dunyo boʻylab tarqalishi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha mamlakatlarga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 3,6 milliondan ziyod kishi yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi, 254 ming kishi vafot etdi.

AQShning Jons Xopkins universiteti maʼlumotiga koʻra, dunyoda koronavirus infektsiyasidan vafot etganlar soni 270 mingdan oshdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular