13:06 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
153410

Kapitan Ibragimov hodisa joyidan 15 km uzoqlikda sogʻ holda topilgan, afsuski Hazrat Suyunovni qidirish ishlari hali oʻz natijasini bergani yoʻq.

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Sirdaryodagi toshqinda oqib ketgan Milliy gvardiya xodimi 15 km uzoqlikda sogʻ holda topildi, bu haqda Milliy gvardiya tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi boshligʻi Toʻlqin Qodirov brifingda maʼlum qildi.

“Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism maxsus vazifalarni bajarish otryadi guruh komandiri kapitan Sanjar Ibragimov, maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh mutaxassisi oddiy askar Hazrat Suyunov, jangovar otryad muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi 3-darajali serjant Husniddin Suyarov aholini evakuatsiya qilish tadbirlari jarayonida suv toshqinida oqib ketishgan”, - dedi u.

Qidiruv natijasiga koʻra, kapitan Ibragimov hodisa joyidan 15 km uzoqlikda sogʻ holda topilgan.

“Serjant Suyarovning jasadi 3 may kuni soat sakkizlarda Oqoltin tumani Ahillik qishlogʻi Kichik Bobur mahallasidan topilgan. Ming afsuski, oddiy askar Hazrat Suyunovni qidirish ishlari hali oʻz natijasini bergani yoʻq», – dedi Qodirov.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular