19:37 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
300 0 0

Ulugʻ Vatan urushi davrida Oʻrta Osiyoga taniqli sanʼat va adabiyot arboblarini majburiy evakuatsiya qilinishi munosabati bilan Rossiya va Oʻzbekiston madaniy merosining rivojlanish tarixining yangi bosqichi ham keldi.

Toshkentga evakuatsiya qilingan ijodkor-ziyolilarning vakillari orasida A.A.Axmatova, A.N.Tolstoy, K.M.Simonov, K.I.Chukovskiy, F.G.Ranevskaya, V.V.Ivanov, N.YA.Mandelshtam, E.S.Bulgakova, N.F.Pogodin, E.G.Babayev, M.I.Belkina va Oʻzbekiston SSR poytaxtidagi hayot haqida kundaliklarda behisob yozuvlarni qoldirgan M.I.Tsvetayeva oʻgʻli - G.S.Efron.

Anna Axmatova: "Shundayekansanda, Sharq!"

Anna Andreyevna Axmatovaning harbiy sheʼrlari Sovet sheʼriyatida alohida yashirin oʻrinni egallaydi va zamondoshlarimiz uni mashaqqatli kunlarning guvohi boʻlgan azob-uqubatlarni oʻz ichiga olgan epos sifatida qabul qiladi. Qamaldagi Leningraddan shoira 1941 yil noyabr oyida Toshkentga evakuatsiya qilinib, oʻz vataniga faqat 1944 yil may oyida qaytib keldi. Bu davr Anna Andreyevna uchun samarali boʻldi: u koʻp sheʼrlar yozdi, oʻzining asosiy asari boʻlmish  "Qahramoni yoʻq poema" ustida ishladi.

Fotografiya poetessы Annы Axmatovoy. Tashkent. 1942 god.
© Sputnik / Yakov Brodskiy
Fotografiya poetessы Annы Axmatovoy. Tashkent. 1942 god.

Axmatovaning Toshkent haqidagi ilk taassurotlari farqli boʻlgan. U Sharqning goʻzalligini hali tushunib yetmagani uchun unda anglab yetib boʻlmas bezovtalik hissi vujudga keldi. "Smolensk qabristonida" sheʼrida u oʻzining dastlabki hissini shunday izohladi: "Sharq hanuz nomaʼlum makonday // Va u olisda dahshatli dushman galasi kabi gumburlar". Keyinchalik, sharq mavzusi uning ijodi orqali leytmotiv boʻlib oʻtib, sherlarida abadiy qoladi: "Shunday ekansanda, Sharq!"

Anna Axmatovaning Toshkentda yozgan deyarli barcha sheʼrlari sevimli Leningradga bagʻishlangan, ammo Sharq uning xotirasida va ijodida iz qoldirdi.

Mening pishiq uyim – Osiyo,

Anduh chekma, men hali hanuz

Qaytgum. Gullar, panjara aro

Toʻlib tursin eng toʻla hovuz.*

(Oygul Suyundikova tarjimasi)

Leningradga qaytgach, Axmatova shunday deb yozadi: "Men Toshkentda jazirama issiq, daraht soyasi va suvning tovushi birinchi bor nimaligi tushundim. Yana insoniy mehr-oqibat nima ekanligini bildim".

Evakuatsiya yillarida Anna Andreyevna Oʻzbekistonning turli yozuvchilar anjumanlarida qatnashdi, ijodiy kechalar va kontsertlarda chiqishlar qilgan. 1944 yil may oyida ketishdan oldin shoira oʻzining mashhur "Jasorat", "Toshkent gullab yashnamoqda", "Palmira" sheʼrlarini, shuningdek, "Yana bir lirik chekinish"ni yozdi va unda shaharga boʻlgan samimiy hayratini ifoda etdi: "Ammo, eslayman shu onda / / Toshkent qanday gullab-yashnaganin, // Oq olov bilan qoplanganda, // Issiq, xushboʻy, murakkab, // Ajablanarli ... ".

Urushdan soʻng Anna Axmatova evakuatsiya davrida oʻziga jonajonday boʻlib qolgan "begona yerlarida" oʻtgan yillarini mehr bilan eslaydi. Oʻzining avtobiografik yozuvlarida u shunday taʼkidladi: “Oʻzbekistonda, masalan, shundoq ham koʻp bolali oilalar anchagina, ammo ular ham Rossiya, Belorusiya, Ukraina, Moldova, Polsha, Gretsiyalik yetimlarni asrab olishdi, qochqinlarga pana berishdi, ularga ohirgi noni va shakarini, palov yoki sutning oxirgi piyolasi bilan ulashishdi. Hech kim hech qachon buni unutmasligiga ishonmoqchiman ... "

Hayotining oxirida Axmatova davomiy kasalligi tufayli juda yomon his qilgan oʻzini va uning tinchligini himoya qilgan yaqin odamlari doim uning oldiga mehmonlarga yoniga kirishiga yoʻl qoʻymaganlar. Uning isteʼdodining muxlislari esa juda koʻp edi, ular Kumush asrning tirik afsonasini oʻz koʻzlari bilan koʻrish va u bilan suhbatlashishni istashgan.

Ammo toshkentlik mehmonlar uchun uyining eshiklari doim ochiq edi. Doʻstlarining xotiralariga koʻra, Axmatova: "Agar Toshkentdan kelsalar, oldimga darhol qoʻyib yuboringlar", - deyar edi.

2000 yilda Rossiya madaniyat markazi va Rossiya fan va madaniyat markazi koʻmagida Toshkent shahrida Anna Axmatovaning "Mangalochiy hovlisi" klub-muzeyi tashkil etildi. Uning xodimlari shoira yashagan va ishlagan muhitni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdi. Hozirgi kunda klub-muzeyda tez-tez kontsertlar, adabiy oʻqishlar oʻtkazilmoqda.

Aleksey Tolstoy. "Kambagʻallar uchun Istambul"dagi "Qizil graf"

Toshkentga evakuatsiya qilingan yozuvchilar orasida tarixiy, ilmiy-fantastik va ijtimoiy-psixologik romanlarning muallifi graf Aleksey Nikolayevich Tolstoy ham bor edi. Boshqa madaniyat va sanʼat arboblardan farqli oʻlaroq, Tolstoy 1941 yil noyabr oyida Oʻzbekiston poytaxtiga bu kabi maqom egalariga xos boʻlgan dabdaba bilan keldi.

Guvohlarning taʼkidlashicha, graf oʻzuning ixtiyoridagi vagon oziq-ovqat, qimmatbaho vinolar va mebellarga toʻla boʻlgan va keyinchalik u istiqomat qilgan shinam kvartira shahar markazida joylashgan. Odamlar Aleksey Nikolayevich Iosif Stalinning eng sevimli yozuvchisi boʻlganini aytishardi va uni yoqtirmaydiganlar esa uni "qizil graf" deb atashgan, chunki u tugʻilganidan asilzoda boʻlgan va inqilobiy mafkurani qabul qilmagan, lekin shu bilan birga u jamiyatda yuqori mavqega ega boʻlgan va qatagʻon qilinganlarning qatoridan qolgan.

Aleksey Nikolayevich keng tabiatga ega boʻlib, tez-tez xayriya tadbirlarini uyushtirib turgan. Masalan, 1942 yilda u Toshkent opera va balet teatri sahnasida qoʻyilgan kontsert uchun stsenariy yozdi. Butun tushuml evakuatsiyadagi bolalarga yordam jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan.

Russkiy sovetskiy pisatel i obщestvennыy deyatel Aleksey Tolstoy (sprava) i sovetskaya uzbekskaya tantsovщitsa, narodnaya artistka SSSR Tamara Xanum. Moskva, 1944 god.
© Sputnik / Georgiy Zelma
Russkiy sovetskiy pisatel i obщestvennыy deyatel Aleksey Tolstoy (sprava) i sovetskaya uzbekskaya tantsovщitsa, narodnaya artistka SSSR Tamara Xanum. Moskva, 1944 god.

Oʻzbekiston poytaxtida Aleksey Tolstoy "Burgut va uning urgʻochisi" pyesasini yozdi - bu taniqli "Ivan Groznыy " ikki qismli dramasining birinchi qismini, shuningdek, toshkent armiya bataloni komandiri hamrohligida frontga safarlar taassurotlari asosida "Ivan Sudarev qissalari"ni ham.

Aleksey Nikolayevich Toshkentni "kambagʻallar uchun Istambul" deb atadi va buni ostida, xuddi Konstantinopol kabi, dovdiragan va boshpanasiz qolgan yevropaliklar tomonidan bosib olingan sharqiy shaharni nazarda tutgan.

Aleksey Tolstoy Toshkentdagi hayoti davomida Sovet xalqining ruhiyatini koʻtarishga qaratilgan vatanparvarlik maqolalari, insho va hikoyalarini nashr etdi, "Sargardonlik" trilogiyasini "Bulutli tong" romani bilan yakunladi, 1943 yilda esa "Pyotr Birinchi" tarixiy romanining uchinchi kitobi ustida ish boshladi, bu asarni yakunlab tugatolmaydi.

Konstantin Simonov. Toshkentni sevgan shoir

1943 yil yanvarida Toshkentga birinchi bor rus nasriy yozuvchisi, shoir va dramaturg Konstantin Mixaylovich Simonov keldi. U Oʻzbekiston SSR poytaxtida evakuatsiyada oz vaqt oʻtkazdi, ammo oʻz qoʻshnisiga rahmdillik va shafqatda ifodalangan oʻzbek xalqining maʼnaviy goʻzalligiga shohid boʻldi. Safardan hayratga tushgan Simonov 1942 yil oxirida Stalingrad jangida qatnashgani uchun Toshkentga yigirma kunlik taʼtilga kelgan front jurnalisti Vasiliy Lopatin haqida "Urushsiz yigirma kun" filmining stsenariysini yozdi. Bosh qahramon uchun hamma narsa gʻalati tuyulardi: yogʻingarchilikdan nam tortgan somondan yasalgan uylar, loy aralash qor qor, non kartochkalari, turmush yomonligi ...

Filmda Konstantin Mixaylovichning frontdagi xizmat safarlarida olib borgan shaxsiy yozuvlaridagi epizodlar mavjud. Film rejissyori Aleksey German Simonov bilan urush davrining boshqa tomonini namoyish etdi, unda front chizigʻi emas, balki front ortidagi tinch, ogʻir, quvonchsiz va och hayotni tasvirlagan.

Pisatel i voyennыy jurnalist Konstantin Mixaylovich Simonov (1915-1979) v nachale voynы (1941 god). Rossiya.
© Sputnik / Yakov Xalip
Pisatel i voyennыy jurnalist Konstantin Mixaylovich Simonov (1915-1979) v nachale voynы (1941 god). Rossiya.

Eng kuchli "Toshkent taassuroti" Konstantin Simonovda Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi birinchi kotibi Usmon Yusupov bilan boʻlgan uchrashuvdan koldi. Ular uzoq vaqt suhbatlashishdi: evakuatsiyaning qiyin kunlari haqida ochiqcha gaplashishdi. Simonov oʻzining "Urushning turli kunlari" kundaligida shunday yozadi: "Yusupov ular Toshkentda koʻplab evakuatsiya qilingan korxonalar joylashtirilganidan va hozirda harbiy mahsulotlarni ishlab chiqarganidan gʻururlanar edi, chunki hech kim dastlab ularni bu yerda joylanishiga umid qilmagan edi. Ammo bundan ham katta magʻrurlik bilan u bolalarni asrab olinishi toʻgʻrisida gapirdi. Yetim bolalarning qismi bolalar uylaridan, qabulxonalardan, temir yoʻl vokzallaridagi sanitariya nazorati xonalaridan oʻzbek oilalariga olinganini, hatto juda koʻp bolali oilalar tomonidan ham olinganini gapirdi. Bu ishda namoyon boʻlgan halqning maʼnaviy goʻzalligi unga taʼsir qildi".

Pisatel Konstantin Simonov rabotayet v svoyem kabinete. Moskva, 1965 god.
© Sputnik / Yakov Xalip
Pisatel Konstantin Simonov rabotayet v svoyem kabinete. Moskva, 1965 god.

Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining ikkinchi kotibi Nikolay Lomakin bilan tanishish ham Simonovda katta taassurot qoldirdi. Konstantin Mixaylovichning oʻsha paytlarda frontning oldingi chizigʻida emas, aksincha front ortida qolgan baʼzi kasbdoshlariga nisbatan gʻarazli munosabatiga javoban Lomakin yozuvchilar haqida hurmat bilan gapirib, ularning Toshkentda qanday muhim jamoat ishlari bilan shugʻullanishini batafsil aytib berdi. Keyinchalik Simonov oʻsha paytdagi kayfiyatini "Qirq birinchi yil qishi" sheʼrida aytib beradi: "Xotiranga yugan ilib qoʻy! // Ammo baribir baʼzida ikkiga boʻl. // Doʻstlarni Toshkentda yonboshlaganiga // va Moskva yaqinida qorda yiqilganiga".

Urush tugaganidan keyin Konstantin Simonov bir necha yil (1958 yildan 1960 yilgacha) Toshkentda "Pravda" gazetasining muxbiri sifatida ishladi. Vaqt oʻtishi bilan u shunday dedi: "Men Oʻrta Osiyoda ikki yil vaqt oʻtkazdim va rejalashtirganimning hammasini amalga oshirdim va Moskvaga bir roman olib keldim, keyinchalik u trilogiyaga nom berdi. Bundan tashqari, men bir yil davomida turli xil qiziqarli joylarga mashinada sayohat qildim va koʻrgan narsalarim haqida uchta ocherklar kitobini yozdim".

Oʻzbekiston Konstantin Mixaylovichning qalbini zabt etdi, bu mamlakatga boʻlgan samimiy muhabbat rus va oʻzbek madaniyati oʻrtasidagi aloqani mustahkamlash tarixiga muallif ismini abadiy yozadi.

Korney Chukovskiyning Toshkenti: terak xiyobonlari va rohatbaxsh quyosh

1941 yilda Toshkentga bolalar yozuvchisi, sovet shoiri va publitsisti Korney Ivanovich Chukovskiy evakuatsiya qilindi. Korney Ivanovich shahar haqida Pavel Nilinning hikoyalaridan bilardi. Chukovskiy anchadan beri oilasi bilan toʻq va iliq mintaqaga koʻchib oʻtishni oʻylab yurgan edi, ammo Moskvadan chiqib ketish juda muammoli edi. Yoʻlda u koʻngilli sifatida frontga ketgan oʻgʻillarining taqdiri haqida qoʻrquv bilan oʻylardi.

Korney Chukovskiy v svoyem fruktovom sadu na dache. Moskovskaya oblast, 1957 god.
© Sputnik / Maksimov
Korney Chukovskiy v svoyem fruktovom sadu na dache. Moskovskaya oblast, 1957 god.

Korney Ivanovichning Toshkent haqidagi birinchi taassurotlari shu kungacha saqlanib qolgan: "Gʻayrioddiy baland teraklar - shaharga oʻziga xos sheʼriyatlilik ohangrabolik bagʻishlaydi. Teraklar qatorli shunchalar yahshiki - koʻchalarni kezayotganimda huddi musiqa tinglayotgandayman. Ariqlar va ular uzra minglab turli koʻprikchalar, bir qavatli uylar baland teraklar oldida yanada past tuyuladi – va koʻchalardagi janubiy hayot va yoqimli muloyim oʻzbeklar - va mayiz va yongʻoqlarga boy bozorlar - rohatbaxsh quyosh - nega men bu yerda boʻlmaganman - nega bu yerga oldinroq kelmadim – nimaga bu yerga urushdan oldin kelmadim?"

1942 yil fevralida Korney Chukovskiy "Barmaleyni yengamiz!" asari ustida ish boshladi. Shaxsiy fojiani boshdan kechirgan muallif, ertak janridan voz kechishga harakat qildi va kattalar uchun yozishga qiziqdi, ammo uning evakuatsiya qilingan bolalarga yordam berish boʻyicha Respublika komissiyasidagi faoliyati shoirni dushman bilan toʻqnashuv haqidagi aynan sheʼrlardagi harbiy ertakni yozishga qaytardi. U oʻz oldiga yosh oʻquvchilarga yovuzlik ustidan gʻalaba muqarrar ekanligiga ishonchni singdirishni maqsad qilib qoʻydi: "Ammo gʻalaba endi yaqin. // Odamhoʻr lashkari ustida.// Yaqinda, albatta u // Taslim boʻladi, yakson qilinadi // Batamom!".

Korney Chukovskiy sredi detey. Moskva, 1961 god.
© Sputnik / Lev Nosov
Korney Chukovskiy sredi detey. Moskva, 1961 god.

Chukovskiy S.YA.Marshakka yoʻllagan maktublarida oʻzuning mushkul ahvoli toʻgʻrisida gapirib oʻtgan. Kasal boʻlishiga qaramay, u pedagogika institutida bolalar shoirlari haqida maʼruzalar oʻqirdi, maktablarda, teatrlarda va adabiy klublarda chiqishlar qilardi va "Pravda Vostoka"da nashr etilardi. Oʻzining oʻgʻli Nikolayga yoʻllagan maktublarida ijodkor Toshkentni qanday yaxshi koʻrishini aytib berardi, uni "sheʼriy, oʻziga xos shahar" deb atardi, ajoyib oʻzbek xalqining nafisligi va xushmuomalasiga qoyil qolishini aytib bergan.

Nadejda Mandelshtam va Mariya Belkina: xavfsizlikni qidirib

1942 yilning yozida shoir Osip Mandelshtamning rafiqasi, yozuvchi va memuarist Nadejda Yakovlevna Mandelshtam ham  (qizligida Xazina) Anna Axmatovaning yordami bilan Toshkentga koʻchib keldi. Dastlab Nadejda Yakovlevna bolalar badiiy taʼlim markaziy uyida chet tillaridan dars berardi, 1944 yil may oyidan esa Oʻrta Osiyo davlat universitetiga ishga kiradi.

Poetessa Anna Axmatova v semye Mandelshtamov. Spravo nalevo: A. Axmatova, Osip Mandelshtam, Mariya Petrovыx, Emiliy Mandelshtam (otets poeta), Nadejda Mandelshtam (jena poeta), Aleksandr Mandelshtam (brat poeta). Iz fondov Gosudarstvennogo literaturnogo muzeya SSSR. Moskva, 1933 god.
© Sputnik / RIA Novosti
Poetessa Anna Axmatova v semye Mandelshtamov. Spravo nalevo: A. Axmatova, Osip Mandelshtam, Mariya Petrovыx, Emiliy Mandelshtam (otets poeta), Nadejda Mandelshtam (jena poeta), Aleksandr Mandelshtam (brat poeta). Iz fondov Gosudarstvennogo literaturnogo muzeya SSSR. Moskva, 1933 god.

Mariya Iosifovna Belkina, rus yozuvchisi va adabiyotshunos, uzoq vaqt davomida nomaʼlum kelajak va qiyin yashash sharoitlari tufayli Toshkentga evakuatsiya qilishga qaror qila olmadi, ammo uni imkoniyat borligida koʻchib oʻtishga koʻndirishdi. Koʻpchilik evakuatsiya qilinganlarning koʻpligi sababli bu shaharda joylashishning ilojisi yoʻq va ish topish qiyin boʻladi deb hisoblashardi, ammo qoʻrquvga qaramay, xavfsiz kelajak umidida yoʻlga tushishardi.

Rossiya, Belarus va Ukrainaning fashistlar tomonidan bosib olingan hududlaridan evakuatsiya qilingan bir yarim milliondan ortiq odamlarning ogʻir taqdiri rejissyor Hoji-Murod Valiyevning "Toshkentning katta yuragi" hujjatli filmida tasvirlangan.

Koʻplab ijodiy intelligentsiya vakillari uchun bu shahar ular boshpana topgan va oʻzlarining mashhur asarlarini yaratgan uyga aylangan.

* Anna Axmatovaning "Bu yerda yetti yuz yildan beri boʻlmadim" sheʼridan iqtibos.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular