12:24 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
22720

Toshkent shahar Sergeli tumani 300-sonli maktab “Vatanparvar” toʻgaragi Gʻalabaning 75-yilligiga bagʻishlangan videoroliklarni tayyorlashdi.

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Toshkent shahar Sergeli tumani 300-sonli maktabning “Vatanparvar” toʻgaragi qatnashchilari Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarini tabrikladilar.

Tarbriklar videoroliklar shaklida yoʻnaltirildi. 

Mudofaa vazirligi Markaziy faxriylar kengashi raisining oʻrinbosari, isteʼfodagi podpolkovnik Talbabayev Erkin ushbu toʻgaraklarning ishida faol ishtirok etmoqda.

Bu yil Ulugʻ Vatan Urushi gʻalabasi va Germaniya fashistlarining tor-mor qilishiga 75 yil toʻldi.

1941 – 1945 yillarda bashariyat boshiga mislsiz kulfatlar yogʻdirgan ushbu urush qalblarda mangu saqlanib qoladi va janglarda jonbozlik koʻrsatgan ajdodlarning xotirasi aslo oʻchmaydi.

9 may kuni Oʻzbekiston butun dunyo bilan birgalikda zamonaviy tarixdagi eng muhim sana - fashistik Germaniya ustidan qozonilgan gʻalabani nishonlaydi.

Respublikada 9 may Xotira va qadrlash kuni sifatida oʻtkaziladi.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular