00:49 31 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
21110

Universitetda oʻqitish Oʻzbekistonda amalda mavjud taʼlim shakllari hamda ingliz tilida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti (Universitet) tashkil etiladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Respublika iqtisodiyoti real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biridir.

Universitetda oʻqitish Oʻzbekistonda amalda mavjud taʼlim shakllari hamda ingliz tilida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitetda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar qabul qilinadi:

- “Loyihalarni boshqarish”;

- “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”;

- “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”;

- “Xalqaro elektron tijorat”;

- “Raqamli iqtisodiyot”.

Universitetda taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.

Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Asosiy mavzular