11:05 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
1583 0 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanishi bilan hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilashni taʼkidlagan edi.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sogʻayish) surʼati holatidan kelib chiqqan holda hududlar joriy yilning 11 mayidan tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratiladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

“Sariq” va “qizil” toifadagi viloyatlarda koronavirus infektsiyasi umuman aniqlanmagan tumanlar (shaharlar) “yashil” toifaga kiritiladi.

Yashil toifadagi tuman (shahar)lar
Adliya vazirligi matbuot xizmati
"Yashil" toifadagi tuman (shahar)lar

“Yashil” yoki “sariq” toifadagi viloyatning biror-bir tumanida (shahrida) koronavirus infektsiyasi aniqlanadigan boʻlsa, butun viloyatning toifasini oʻzgartirmagan holda tegishli tumanning (shaharning) oʻzi “qizil” toifaga oʻtkaziladi.

Sariq toifadagi tuman (shahar)lar
Adliya vazirligi matbuot xizmati
"Sariq" toifadagi tuman (shahar)lar

Toshkent shahrini “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oshirilishi mumkin.

Qizil toifadagi tuman (shahar)lar
Adliya vazirligi matbuot xizmati
"Qizil" toifadagi tuman (shahar)lar

“Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda savdo majmualari faoliyatiga ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat beriladi, bunda ushbu majmualarning attraktsion, koʻngilochar, ovqatlanish boʻlinmalari, kinoteatr va oʻyin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchi tashishga hamda sartaroshxona (goʻzallik salonlari) faoliyat yuritishiga faqatgina Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida “yashil” va “sariq” toifadagi hududlardagina ruxsat beriladi.

Agarda muayyan hudud “qizil” toifaga kirib, uning tarkibidagi tuman (shahar)lar “sariq” va “yashil” toifalarga kirgan taqdirda, ushbu tuman (shaharlar)da yoʻnalishsiz taksilarga yoʻlovchi tashishga hamda sartaroshxona (goʻzallik salonlari) faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Avtotransport vositalarining stikersiz, shuningdek, mototransport va velosipedlarning harakatlanishiga “yashil” hududlarda ruxsat beriladi. “Sariq” va “qizil” hududlarda avtotransport vositalari stikersiz har kuni 07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha harakatlanishi mumkin.

Tuman (shahar)larni tegishli toifalarga ajratgan holda bosqichma-bosqich bekor qilishda quyidagi talablar saqlab qolinadi:

  • ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, 3 kishidan ortiq yigʻilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanishi;
  • taʼlim tashkilotlari (bogʻcha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), oʻquv kurslari faoliyatini yoʻlga qoʻymaslik;
  • koʻngilochar obʼyektlar – tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyatiga yoʻl qoʻymaslik;
  • barcha turdagi ommaviy tadbirlar – kontsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari, oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kishidan koʻp boʻlmagan hollar bundan mustasno) oʻtkazmaslik;
  • jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
  • dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik doʻkonlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37 °S va undan yuqori boʻlgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini koʻrish;
  • barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan taʼminlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini taʼminlash uchun birinchi rahbarlar shaxsan masʼulligi;
  • qurilish-taʼmirlash ishlarida obʼyektlarning hududi toʻliq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda obʼyektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilishi, oʻz faoliyatini faqatgina tegishli obʼyekt hududi doirasida tashkil etishi.

Oʻz navbatida, “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini oʻrnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

Oʻzbekistonda 8 maydan boshlab karantin bosqichma-bosqich bekor qilinadi

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular