19:46 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1155)
771 0 0

Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligining N.F. Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi boʻlim mudiri, professor Aleksandr Butenko epidemiyani boʻron bilan solishtirib, asosiy toʻlqindan keyin albatta sukunat boʻlishini taʼkidladi.

Osiyo mamlakatlarining aksariyat qismida, shuningdek, Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi pasaymoqda. Vaziyat juda jiddiy boʻlgan Yevropada ham ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Biroq, bir qator mutaxassislar kasallikning ikkinchi toʻlqinini ham istisno qilishmadi.

Virusologning fikriga koʻra, koronavirus pandemiyasini avvalgiday miqyosda toʻliq takrorlanishi haqida gapirishga hali erta, bunga olib keluvchi omillar mavjud emas.

"Biz epidemiya deyarli tugagan aksariyat davlatlarda vaziyat barqarorlashayotganini kuzatmoqdamiz. Markaziy Osiyo hududida ham keskin silkinishlar yoʻq. Hatto epidemiyadan aziyat chekkan Italiya va Ispaniyada ham statistika yaxshilanmoqda. Epidemiyani dengizdagi boʻron bilan solishtirish mumkin: oldin 6 ballik toʻlqin, keyin toʻqqizinchi deb ataluvchi toʻlqin va shundan keyin – kichikroq qoldiq toʻlqinlar va sukunat. Hech qanday ikkinchi toʻlqin yoʻq. U bir muncha vaqt oʻtib tugaydi", - deya taʼkidladi Butenko.

Batafsilroq Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida tinglang.

Opasatsya li vtoroy volnы koronavirusa v Uzbekistane i stranax TSA — virusolog
Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1155)

Asosiy mavzular