02:47 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
299 0 0

Alisher Usmonov Qozogʻistonda suv toshqinidan zarar koʻrgan har bir oilaga 1000 dollardan yordam puli beradi.

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Milliarder Alisher Usmonov Qozogʻistonning Turkiston viloyat Maqtaaral tumanidagi Sardoba suv toshqinidan zarar koʻrgan har bir oilaga 1000 dollardan yordam puli beradi deb xabar qilmoqda viloyat akimligi matbuot xizmati. 

"Ayni damda barcha fuqarolardan hujjatlar qabul qilish jarayoni ketmoqda. Hujjatlar toʻplanganidan soʻng yordam puli tumanning 5202 nafar zarar koʻrgan oilalarning boshliqlari hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi", - deyilgan xabarda.  

Qozogʻistonda zarar koʻrgan fuqarolarga jami 5,2 million dollar mablagʻ toʻlanadi.

Oʻzbekistonda Sardobada zarar koʻrganlarga yordam berish uchun Alisher Usmonov 10 million dollar xayriya qilgan edi. Mablagʻlar "Turkiston" ijtimoiy rivojlanish fondiga oʻtkazilgan. 

Eslatib oʻtamiz, 1 may kuni sodir boʻlgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba suv omborining devori yorilishi oqibatida Sirdaryo viloyatida bir necha qishloqlarni va Qozogʻiston hududining bir qismini suv bosgan edi. Aholi turar joylari va infraqurilma obʼyektlari zarar koʻrgan edi. 

Asosiy mavzular