Sirdaryoda topilgan tilla va pullar o‘z egalariga qaytarilmoqda

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennoslujashie vozvrashayut dengi i dragotsennosti, kotorie bili uterani vo vremya navodneniya
Voyennoslujashie vozvrashayut dengi i dragotsennosti, kotorie bili uterani vo vremya navodneniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy xizmatchilar talafot yetgan hududni tartibga keltirish vaqtida topilgan tilla va pullar o‘z egalariga qaytarmoqda.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Sirdaryoda harbiy xizmatchilar talafot yetgan hududni tartibga keltirish vaqtida topilgan tilla va pullar o‘z egalariga qaytarmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Maktaaralsi nachali poluchat dengi, videlennie iz fonda Alishera Usmanova - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov suv toshqinidan zarar ko‘rgan qozog‘istonliklarga 5,2 million dollar o‘tkazdi

Harbiy xizmatchilar talafot yetgan hududlarda tozalash, tartibga keltirish ishlarini jadallik bilan olib bormoqda. Odamlar uyi atrofida to‘planib qolgan suv, chiqindilar va boshqa keraksiz buyumlar olib chiqib ketilyapti.

Sharqiy harbiy okrugning shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi, oddiy askar  Elmurod Normatov ham safdoshlari bilan Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tozalash ishlarida uning diqqatini suv ichidagi quti o‘ziga tortdi. Bu qutida uy egasining tilla buyumlari bor ekan. Elmurod ushbu holat yuzasidan komandirlariga xabar berdi va qimmatbaho buyumlar o‘z egalariga yetkazildi.

Shuningdek, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Komil Choriyev ham Mirzaobod tumanining Navbahor mahallasida tozalash ishlarini olib borayotganida suv bosgan buyumlar orasidan xonadon egasiga tegishli bo‘lgan moddiy boylik, ya’ni 720 ming so‘m pul topib oldi hamda egalariga qaytarilishini ta’minladi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennoslujashie vozvrashayut dengi i dragotsennosti, kotorie bili uterani vo vremya navodneniya
Sirdaryoda topilgan tilla va pullar o‘z egalariga qaytarilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Voyennoslujashie vozvrashayut dengi i dragotsennosti, kotorie bili uterani vo vremya navodneniya

Davergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborida ro‘y bergan suv toshqini natijasida suv bosgan hududlardagi turar va noturar ko‘chmas mulk obyektlari tomonidan o‘rganib chiqildi.

10 may holatiga ko‘ra, 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inining 20 ta aholi yashash punktida jami 5969 ta turar va 277 ta noturar joy obyektlari zararlanganligi aniqlandi.

5969 ta turar joylarning 4587 tasi yakka tartibdagi uy joy, 1337 tasi ko‘p qavatli xonadon va 45 tasi qurilishi tugallanmagan uy joylar.

Ushbu zararlangan turar va noturar joylarining kadastr hujjatlari va kadastr pasportlaridan 3599 tasiga dublikat hujjatlari ko‘chmas mulk egalari va foydalanuvchilariga taqdim etish uchun tayyorlandi.

Suv toshini oqibatida talofat ko‘rgan aholi uylarining kadastr hujjatlari bepul tayyorlab berilishi tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0