04:46 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
37902

Kuchli va davomiy immunitet koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarning faqat 7-8 foizidagina shakllanadi, koʻpincha eng barqaror immunitet aynan kasallikning ogʻir shakli bilan ogʻrib chiqqanlarda boʻladi.

TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Kuchli va davomiy immunitet koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarning faqat 7-8 foizidagina shakllanadi, koʻpincha eng barqaror immunitet aynan kasallikning ogʻir shakli bilan ogʻrib chiqqanlarda boʻladi. Bu haqda RIA Novostiga biologiya fanlari doktori, AQShdagi GMU tizimli biologiya Maktabi professori Ancha Baranova aytib oʻtdi.

"Bizda shunday kasallanganlar borki, ularda isitma va yoʻtal boʻlgan, ammo ularda koronavirusga qarshi antitanachalar mavjud emas (bunday bemorlar yetti-sakkiz foizni tashkil etadi). Bu, ular interferonlar yordamida kasallikdan halos boʻlganini anglatadi, bu interferonlar odam tanasida virusga javoban ishlab chiqiladi. Bu holda interferonlar kasallikni oʻzlari yengadi, antitanachalar esa paydo boʻlmaydi, shuning uchun bu bemorlarda COVID-19ga immuniteti yoʻq", - dedi Baranova. Bu guruhdan farqli oʻlaroq antitanachalarining yuqori miqdori va yahshi immunitetga ega odamlar ham 7-8% ni tashkil qiladi.

"Bizda juda kuchli immun javobga ega boʻlgan super-odamlar bor, ularning antitanachalari kovalestsent plazmasi bilan boshqa odamlarni davolash uchun ishlatilishi mumkin", - dedi biolog.

Uning soʻzlariga koʻra, bu ikkala guruh oʻrtasida COVID-19dan davolanib chiqqanlar joylashgan. Ularda turli xil quvvatdagi koronavirusga qarshi immunitet vujudga kelishi mumkin, ammo 40%da u juda zaifdir.

Baʼzi davolanib chiqqanlarda antitanachalar darajasi, yaʼni immunitet bir oy ichida sezilarli darajada pasayadi. Baranova taʼkidlashicha, ushbu odamlar guruhida qayta yuqtirish xavfi bor.

"Olimlar shuni aniqladilarki, COVID-19ning ogʻir shaklini boshdan kechirgan katta yoshdagi odamlarda immunitet kuchliroq", - dedi mutaxassis.

Uning soʻzlariga koʻra, bu maʼlumotlar Shanxay tibbiyot markazida va boshqa bir qator ilmiy muassasalarda olingan.

BSST maʼlumotlariga koʻra, dunyoda toʻrt milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallandi, ulardan 279 mingga yaqini vafot etgan va bir milliondan ortigʻi davo topdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada 221 mingga yaqin odamda COVID-19 aniqlangan, 39 ming kishi davolandi, 2009 nafar kasallangan vafot etdi.

Oʻzbekistonda kasallanganlar soni 2509 kishini tashkil etadi. 1988 kishi davolanib chiqdi. 10 kishi vafot etdi. 511 kishi davolanmoqda.

Oldinroq Sputnik koronavirus infektsiyasining tibbiyot mutaxassislari orasida tarqalishiga olib keluvchi omillar haqida xabar bergan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular