00:08 31 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
23710

Rossiya fanlar akademiyasining O.YU.Shmidt nomidagi Yer fizikasi instituti seysmik xavflar laboratoriyasining mudiri, fizika-matematika fanlari doktori Aleksey Zavyalov koronavirus pandemiyasi paytida fuqarolar zilzila paytida oʻzini qanday tutishi kerakligini tushuntirdi.

10 may kuni Tojikiston poytaxtida 5 balli zilzila sodir boʻldi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, zilzila epimarkazi Vahdat shahri atrofida boʻlgan.

Bungacha, 9 may kuni seysmologlar Xitoyda 4,2 balli zilzilani qayd etdilar. Zilzila kuchi  Oʻzbekistonda ham ozgina sezildi.

Zavyalovning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda biron bir eslatma pandemiya paytida zilzilada nima qilish kerakligini koʻrsatmagan.

“Odatdagidek harakat qilish kerak. Chunki bu yerda zilzila muhimroq hodisa hisolanadi, vayron boʻlishi va bosib qolishi mumkin boʻlgan xavfli narsalardanqochish kerak”, - dedi ekspert Sputnik Tojikistonga.

Bunday vaziyatlarda infektsiyadan himoyalanish choralari haqida esda tutish qiyin.

"Shu vaqtda niqob va qoʻlqop kiyish kerakmi yoki yoʻqmi haqida fikr kelmaydi. Agar kimdir evakuatsiya paytida niqob kiysa, yaxshi, ammo ijtimoiy masofani saqlash qiyin boʻladi", - deydi ekspert.

Zavyalov o tom, chto delat pri zemletryasenii vo vremya pandemii

Asosiy mavzular