22:43 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
261 0 0

Bugungi kunga qadar 8 850 ta uyga gaz taʼminoti toʻliq tiklandi, yana 5 195 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan taʼminlandi.

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Sirdaryo viloyati tumanlarida suv toshqini oqibatida uzilgan gaz taʼminotini tiklash boʻyicha Energetika vazirligi va "Sirdaryo hududgaz" MCHJ tomonidan maxsus shtab tashkil etildi.

Bugungi kunga qadar 8 850 ta uyga gaz taʼminoti toʻliq tiklandi. Ulardan Oqoltin tumanida 3950 ta, Sardoba 3100 ta, Mirzaobod tumanida 1800 tasi joylashgan.

Bundan tashqari, 5 195 xonadon suyultirilgan gaz bilan taʼminlandi, shu jumladan Sardobada 2195, Oqoltin 1224, Mirzaobod tumanlarida 1776.

Talafot oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular