12:37 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
86510

Oʻzbekistonda koronavirusdan toʻliq tuzalganlar soni 2040 nafarga yetdi. Davolanish koʻrsatkichi 80 foizga yetdi.

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Bugun, 12 may soat 16:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2 547 nafarni tashkil qilmoqda.

Oʻzbekiston MDH davlatlar orasida bemorlar soni boʻyicha 8-chi oʻrinda.

Tuzalish dinamikasi

Oʻzbekistonda koronavirusdan toʻliq tuzalganlar soni —2 040 nafarga yetdi.

Bugunning oʻzida Andijon (4), Surxondaryo (4), Namangan (7), Xorazm (18) hamda Toshkent shahri (19) koronavirus infektsiyasiga chalingan bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. 469 kishi davolanmoqda.

Buxoro, Andijon, Fargʻona viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi koronavirusdan xoli xudud maqomini olishga yaqinlashmoqda.

Samarqand - karantin

Ertadan, 13 maydan boshlab Samarqand shahrida karantin choralari yana kuchaytiriladi:

- 13 may ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha hamda kech 17:00 dan 20:00 gacha boʻlgan avtotransport vositalarining erkin harakatlanishi cheklanadi.

- oziq-ovqat savdo doʻkonlari, dorixonalar va dehqon bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bundan boshqa barcha xizmat turlari cheklanadi.

- oziq-ovqat savdo doʻkonlari, dorixona va dehqon bozorlariga kirishda har bir kishining tana harorati oʻlchanadi. Bozor yoki savdo majmuasiga kirayotganda dez vositalar bilan ishlov beriladi.

- shaharga kirishda oʻrnatilgan 25 ta blok postlar faoliyati kuchaytiriladi. Shaharga maqsadsiz kirish va shahar ichida maqsadsiz va stikerlarsiz harakatlanish cheklanadi

Ayni paytda shaharda SES inspektsiyasi, IIB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va milliy gvardiya xodimlaridan iborat 10 ta mobil nazorat guruhi ishlamoqda.

Charter reys

24 mayga qadar fuqarolarni xorijdan (Turkiya, Rossiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, BAA) olib kelish boʻyicha charter reylar roʻyxati eʼlon qilindi.

Amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar roʻyxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu roʻyxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi.

Roʻyxatga birinchi navbatda kasal yoki bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qoʻyiladi.

Oʻzbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam boʻlmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Dunyo va COVID-19

COVID-19 dunyoning 180 dan ortiq davlatga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 4 milliondan oshdi, 283 ming kishi vafot etdi.

Asosiy mavzular