9 may "Xotira va Qadrlash kuni"ni "G‘alaba va Xotira kuni"ga o‘zgartirish taklif etildi

Obuna bo‘lish
So‘nggi yillarda 9-may arafasida "G‘alaba kuni"ni nishonlashga avvalgi yillarga nisbatan ishtiyoq, munosabat o‘zgardi, deb hisoblaydi petitsiya muallifi

TOShKENT, 12-may - Sputnik. "Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portaliga "9 may – Xotira va Qadrlash kunini" "G‘alaba va Xotira kuni"ga o‘zgartirish haqida"gi petitsiya joylashtirildi.

Umumiy G‘alaba 9-may MDH davlatlarida qanday kutib olindi - Sputnik O‘zbekiston
Umumiy G‘alaba: 9 may MDH davlatlarida qanday kutib olindi - video

"So‘nggi yillarda yurtimizda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimizning ulug‘lanishi har birimizni xursand qilmasdan qolmaydi. Xususan, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi nomining qayta tiklanishi, “Shomahmudovlar oilasi” haykalining joyiga qaytarilishi va shu kabi boshqa ezgu ishlar qadriyatlarimiz va tariximizga bo‘lgan katta e’tibordan darak beradi”, deyiladi murojaatda. Qayd etilishicha, ikkinchi jahon urushi frontlariga O‘zbekistondan 1 mln 430 ming nafardan ziyod kishi safarbar etilgan bo‘lib, bu o‘sha paytdagi O‘zbekiston aholisi (6,5 mln)ning 22 foizi urushda qatnashganligidan dalolat beradi. 

Bundan tashqari, front ortida beshikdagi go‘dakdan boshqa barcha fashizmni yengishda astoydil harakat qilgan. Shuning uchun, fashizm ustidan g‘alaba qozonishda ularning jasorati beqiyosdir. So‘nggi yillarda 9-may arafasida "G‘alaba kuni"ni nishonlashga avvalgi yillarga nisbatan ishtiyoq, munosabat o‘zgardi: xususan, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy paradlar va turli tadbirlar misolida.

Yuqorida keltirilganlarni hisobga olgan holda, 9-may Xotira va Qadrlash kuni nomini “G‘alaba va Xotira kuni”ga o‘zgartirishni taklif qilamiz", deyiladi murojaat so‘ngida.

Yangiliklar lentasi
0