04:58 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
39510

Maxsus tez tibbiy yordam parkini kengaytirish va pandemiya vaqtida bemorlarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatish uchun Tojikistonga Damas avtomobili negizida tez yordam avtomobillari yuborildi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. UzAuto Motors Tojikistonga tez yordam avtomobillarini yubordi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, maxsus tez tibbiy yordam parkini kengaytirish va pandemiya vaqtida bemorlarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatish uchun Tojikistonga Damas avtomobili negizida tez yordam avtomobillari yuborildi.

Har bir transport vositasi tibbiy xodimlar uchun qoʻshimcha shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan. Keyinchalik tibbiy muassasalar orasida tarqatish uchun avtomobillar Tojikiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga topshirilgan.

Tojikistonda koronavirus rasman 30 aprel kuni tasdiqlangan edi. 13 may holatiga koʻra virus yuqtirib olganlar soni 729 nafarga yetgan. Shulardan 23 nafari vafot etgan.

Tojikistonga rasmiy tashrif bilan kelgan JSST missiyasi hamisha koronavirusning eng yomon stsenariysiga tayyor turish kerakligini taʼkidlagan. Shuningdek, tashkilot pandemiya vaqtida Markaziy Osiyodagi oʻzaro yordam samaradorligini qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Tojikistonga insonparvarlik yordami va koʻchma shifoxona uchun konteynerlar yuborgan edi. Bundan tashqari, bir guruh oʻzbekistonlik yuqori malakali va tajribali shifokorlar Tojikistonga koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun yordamga joʻnab ketgan.

Asosiy mavzular