13:14 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
186 0 0

Oʻzbekistonda 2021 yil 1 yanvardan boshlab ID-karta beriladi. Karta aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va masofaviy xizmat koʻrsatishda shaxsni identifikatsiyalashning yagona tizimini joriy etish maqsadida berilmoqda.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarosining identifikatsiyalash ID-kartasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida prezident farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

ID-karta

ID-karta fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi va egasining shaxsiy biografik maʼlumotlari, biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilmaga ega boʻlgan hujjat. ID-kartaga chip (maʼlumotlarni saqlovchi elektron qurilma) oʻrnatilishi ham nazarda tutilgan. Unda hujjat egasining biografik maʼlumotlari, raqamli fotosurati, qoʻl barmoq izi va elektron raqamli imzosi kiritiladi. 

Kartaning amal qilish muddati

ID-karta Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tugʻilganidan boshlab beriladi. Mamlakat hududida yashovchi fuqarolar 18 yoshdan ID-kartaga ega boʻlishlari shart. 18 yoshgacha ID-karta ixtiyoriy boʻladi.

S 1 yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vыdavatsya ID-kartы
S 1 yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vыdavatsya ID-kartы

ID-karta fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:

  • tugʻilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga;
  • bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga;
  • 16 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.

Fuqaro 14 yoshdan boshlab ID-karta rasmiylashtirishda barmoq izlarini topshirishi shart.

Fuqaro Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga ID-kartani olish uchun 18 yoshga toʻlgandan soʻng bir oydan kechikmasdan murojaat etishi lozim.

ID-karta MvaFRB tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunida berilishi belgilanadi.

ID-kartaga qaysi maʼlumotlar kiritiladi

  • hujjatning nomi;
  • ID-kartaning raqami;
  • ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi;
  • millati;
  • tugʻilgan sanasi;
  • fuqaroligi;
  • tugʻilgan joyi;
  • jinsi;
  • berilgan sanasi;
  • kim tomonidan berilgani;
  • amal qilish muddati tugaydigan sana;
  • egasining raqamli surati;
  • egasi haqidagi mashina oʻqiydigan maʼlumotlar.

16 yoshga toʻlmagan fuqaroning millati uning ota va onasining oʻzaro kelishuviga muvofiq belgilanadi hamda IIV tomonidan belgilangan shakldagi arizada fuqaroning millati koʻrsatib oʻtilishi rejalashitirilmoqda.

Belgilanishicha, ID-kartadagi millat haqidagi yozuv ota-onaning millatiga muvofiq yoziladi. Agar ota-onasi turli millatga mansub boʻlsa, birinchi marta ID-karta berilayotganda fuqaroning xohishiga qarab ota-onasidan birining millati yoziladi. Fuqaroning yozma arizasiga koʻra millat haqidagi yozuv faqat bir marta, otasi yoki onasining millatiga oʻzgartirilishi mumkin.

ID-karta olish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi

  • Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi ariza;
  • ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;
  • fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi (Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilgan holatda);
  • tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda) yoki ID-karta;
  • nikoh toʻgʻrisida guvohnoma (familiyasi oʻzgargan holda);
  • davlat boji toʻlanganligi haqida kvitantsiya (toʻlov tizimlari orqali toʻlanganda kvitantsiya majburiy emas).

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 2021 yil 1 yanvardan boshlab ID-karta berilishi xabar qilingan edi. ID-kartalar faqat Oʻzbekiston hududida amal qiladi. Chet elga chiqish uchun biometrik pasport olish kerak.

Asosiy mavzular