01:01 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
47410

Rossiyada boʻlib turgan hamda COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan cheklovlar tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordam toʻlanadi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. 2020 yil 14 maydan Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya hududlaridagi bosh konsulxonalari Rossiyada boʻlib turgan hamda COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlab berishni boshlaydi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Mablagʻ elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.

Bir martalik moddiy yordam Rossiyadagi quyidagi toifadagi mamlakat fuqarolariga toʻlab beriladi:

  • Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;
  • Qaramogʻida 2 yoshgacha farzandi boʻlgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan maʼlumotnoma) taqdim etgilgan holda;
  • COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;
  • Rossiya oliy oʻquv yurtlari kunduzgi boʻlimlarida tahsil olayotgan talabalar – oʻqish joyidan tegishli maʼlumotnoma asnosida.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablagʻini toʻlab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan oʻzbek va rus tillaridagi “mexr.rf”  elektron portali orqali murojaat yuborish lozim.

Elchixona xayriya bank raqamiga moliyaviy mablagʻlar oʻtkazgan homiylar, sheriklarga va Alisher Usmonovga ular koʻrsatgan keng koʻlamli yordami uchun alohida minnatdorlik izhor etgan.

Asosiy mavzular