Xitoy O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

© Posolstvo Kitaya v UzbekistaneKitay predostavil gumanitarnuyu pomosh Uzbekistanu
Kitay predostavil gumanitarnuyu pomosh Uzbekistanu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga Xitoy harbiy samolyoti bortida jami 2,5 tonnaga yaqin 13 turdagi tibbiyot vositalari olib kelindi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi.

Xitoy harbiy samolyoti bortida jami 2,5 tonnaga yaqin 13 turdagi tibbiyot vositalari olib kelindi. Ular asosan yuqumli kasalliklardan himoyalovchi tibbiyot niqoblari, ko‘zoynaklar, maxsus kiyimlar, masofadan turib tana haroratini o‘lchovchi termometr, dezinfeksiyalovchi apparat kabi eng zarur buyum va vositalardan tashkil topgan.

© Posolstvo Kitaya v UzbekistaneKitay predostavil gumanitarnuyu pomosh Uzbekistanu
Xitoy O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi - Sputnik O‘zbekiston
Kitay predostavil gumanitarnuyu pomosh Uzbekistanu

Mazkur insonparvarlik yordamining umumiy miqdori 2 million Xitoy yuaniga, ya’ni 2 milliard 870 million so‘mga yaqin.

“Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik hozirgi epidemiya davrida ikki xalqning bir-biriga o‘zaro ko‘mak berishga doim tayyorligini ko‘rsatdi. Xitoy xalqi karantin qoidalarini hisobga olgan holda, qiyin va sinovli damlarda ham epidemiyaga qarshi kurashda maxsus samolyot orqali o‘zbek xalqiga o‘z vaqtida zarur  insonparvarlik yordamini yetkazgani bunga yaqqol misoldir. Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy aytganidek, do‘sting uzoqda bo‘lsa ham, ko‘ngli yaqin bo‘ladi”, - dedi Xitoyning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Szan Yan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga 192 ming dollarlik insonparvarlik yuki jo‘natilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0