Hech kim migrantlardan Rossiyani tark etishni talab qilayotgani yo‘q - Lavrov

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri, hukumat pandemiya vaqtida migrantlarga hujjatlarni rasmiylashtirish va patent to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar taqdim etayotganini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 13-may - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hududida koronavirus tufayli mehnat migratsiyasiga nisbatan hech qanday cheklovlar joriy qilinmadi, ShHT doirasida ham bu yo‘nalishda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmadi, dedi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, ShHT vazirlari onlayn majlisida.

"Biz mehnat migratsiyasiga hech qanday cheklovlar joriy qilmadik. Biz uyiga yuborilishini xohlagan odamlarning yagona guruhi - Rossiya Federatsiyasida bo‘lish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan migrantlar, ular unchalik ko‘p emas. Biz ularni asta-sekin uylariga, biz bilan qo‘shni davlatlarga, jo‘natayapmiz", - dedi Lavrov ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining onlayn uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, mehnat muhojirlarning aksariyatidan Rossiyani tark etishni so‘ralmayapti. Undan tashqari Rossiya hukumati migranlarga patent rasmiylashtirish, ishlashga ruxsatnomalarni uzaytirish va boshqa burokratik muammolarni hal qilishni yengillashtiruvchi qaror qabul qilinganini eslatdi. 

"Shuning uchun, biz tomondan mehnat migratsiyasidan foydalanish yondashuvida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmadi. Men ham ShHTga a’zo mamlakatlarning qonunchiligi va yondoshuvlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida hech narsa eshitmadim", - deya qo‘shimcha qildi vazir.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 245 mingdan oshib ketgan. Har kuni kasallikka chalinayotganlar soni 11 mingga yaqin. Vafot etganlar soni 2 212 kishini tashkil qilgan. 

Dunyoda to‘rt milliondan ortiq infeksiyaga chalinish qayd etilgan, 283 mingdan ortiq odam vafot etdi.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 2568 kishi, ulardan 2046 nafari davolandi. 10 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0