01:33 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
699 0 0

Shifokor “oʻlim inʼyektsiyalari” va koronavirusga test bahonasida “chiplash” toʻgʻrisidagi xabarlarni quruq safsata deb atadi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Shifokor Aleksandr Myasnikov “oʻlim inʼyektsiyalari” va koronavirusga test bahonasida “chiplash” toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni quruq safsata deb atadi.

“Goʻyoki politsiya xodimlari va shifokorlar yurib, odamlarni asta-sekin oʻldiradigan emlashlarni amalga oshirmoqdalar. Bu maʼlumotni rad etishga toʻgʻri keldi”, - dedi shifokor.

Myasnikovning taʼkidlashicha, bu goʻyoki COVID-19 bilan kasallanganlar tanasini organlarga sotilayotganligi haqidagi maʼlumot kabi yolgʻondir.

“Hech kim uyma-uy yurmayapti. Agar, misol uchun, virus yuqtirib olgan kishi bilan muloqotda boʻlganingiz tufayli test oʻtkazish zaruriyati paydo boʻlsa, bu haqda sizni albatta ogohlantirishadi”, -  deya Myasnikov soʻzlaridan keltirgan RIA Novosti.

Mutaxassis bemor sifatida biror tanishning ismi aytilsa, unga qoʻngʻiroq qilib maʼlumotni aniqlashtirishni tavsiya qiladi.

“Nima boʻlgan taqdirda ham siz shunchaki eshikni ochmaslik huquqiga egasiz. U yerda oʻzga sayyoraliklar yoki shpritsli qotillar bormi", - deya xulosa qildi Myasnikov.

Rossiyada koronavirus bilan bogʻliq 242 271 ta holat aniqlangan. 48 003 kishi tuzalib ketgan. Jami 2212 ta oʻlim holati qayd etilgan.

Asosiy mavzular