22:16 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
170 0 0

Samarqandda konlarni sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish, toʻqimachilik, hunarmandchilik, lalmi yerlardan foydalanish orqali aholini ish bilan taʼminlash vazifasi qoʻyildi.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Samarqand shahri hududi kengaytiriladi, qadimiy shahar atrofida yoʻldosh shaharlar barpo etiladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni oʻz nutqida aytib oʻtdi. 

"Bugungi kunda Samarqand shahri aholisi 600 mingdan oshdi. Hozirgi uy-joy salohiyati va infratuzilma ehtiyojni qondira olmaydi. Shu bois shaharni Pastdargʻom, Nurobod, Samarqand tumanlari tomon kengaytirish, yangi mavzelar, “yoʻldosh shaharlar” barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu yoʻnalish viloyat uchun yana bir oʻsish nuqtasi boʻladi, minglab ish oʻrinlari yaratiladi", - deyilgan prezident nutqida.

Samarqand viloyatini rivojlantirish viloyatidagi noruda konlarni sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish orqali amalga oshirish kerakligi aytib oʻtildi. Xususan 5,1 million kub metr keramzit va pardozbop toshlar, 200 ming tonna ferro-silitsiyni sanoat usulida qayta ishlash imkoniyati borligi qayd etildi.

Undan tashqari zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Nurobod tumanidagi qismini kengaytirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Shuningdek Samarqand viloyatidagi toʻqimachilik korxonalarini rivojlantirish taklif etildi. Bugungi kunda ushbu korxonalarning 48 %dan foydalanilayotgani va ular 37 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanligi qayd etildi.

Hunarmandchilik rivojlandtiriladi. Samarqand viloyatida hunarmandchilikka ixtisoslashgan 217 ta eski qishloq tarixi oʻrganib chiqilib, hunarmandchilikri rivojlantirish asosida ushbu qishloqlar aholisi bandligini taʼminlash aytib oʻtildi. 

Kattaqoʻrgʻon va Nurobod tumanlaridagi 1 ming 200 gektar lalmi va yaylov yerlarni Kattaqoʻrgʻon shahri aholisiga foydalanishga berib, 5 ming kishini ish bilan taʼminlash vazifasi qoʻyildi. 

Asosiy mavzular