Mirziyoyev propiskaga oid qonunga imzo chekdi: asosiy o‘zgarishlar

© Sputnik / StringerUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent propiskasini olishni yengillashtiruvchi qonun kuchga kirdi. Tegishli qonun prezident tomonidan imzolandi.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni propiska oid qonunga imzo chekdi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra:

  • “doimiy propiska” tushunchasi o‘rniga “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” tushunchasi kiritildi;
  • fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida bo‘lgan boshqa manzildagi uy-joy maydoniga ham doimiy ro‘yxatga turish mumkin bo‘ldi;
  • oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalar – tutingan ota-onaning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi;
  • er-xotinning nikohdan keyin 1-yil davomida birgalikda yashash sharti va 1-yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yo‘qotilishi haqidagi qoidalar chiqarildi;
  • Toshkent shahri va viloyatida joylashgan davlat tashkilotlarida 5-yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari), shuningdek ularning oila a’zolari mazkur hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadigan bo‘ldi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Senatning to‘rtinchi yalpi majlisda mazkur qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullangan edi.

Yangiliklar lentasi
0