19:43 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
60410

Taniqli xonanda Ozoda Nursaidova Sardoba suv ombori toʻgʻoni oʻpirilishi oqibatida jabrlanganlarga Toshkent viloyatidan 5 ta uy sovgʻa qildi

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻzbekistonlik taniqli xonanda Ozoda Nursaidova Sardoba suv ombori toʻgʻoni oʻpirilishi oqibatida uyidan ayrilib qolgan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan 5 ta xonadon tuhfa qildi.

Xonandaning soʻzlariga koʻra, Sardobadagi falokatdan soʻng butun xalq jipslashib, jabrlangan aholiga qoʻlidan kelgan yordamini bergan va haligacha berib kelmoqda.

“Biz ham mana shu xayriya aktsiyalaridan taʼsirlanib, tadbirkor, saxovatpesha ukam Akbar Anvarov bilan birga oʻzimiz aktsiya tashkil qildik. Sardoba falokatidan aziyat chekkan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan uy sovgʻa qilyapmiz. Yaʼni 3 ta uch xonali, ikkita ikki xonali uy”, - dedi u Instagram sahifasiga joylagan videomurojaatida.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot O Z O D A (@ozodaofficial)

Nursaidovaning maʼlum qilishicha, ushbu uylar vaqtinchalik emas, balki bir umrlik.

“Uylarni hadya qilyapmiz-u, lekin biroz kamchiligi bor. Oilalarning uylarga kelib yashashi uchun texnika, jihozlar kerak boʻladi. Masalan, muzlatkich, gilam, televizor va hokazolar. Agar ularga yordam berish istagida boʻlgan koʻngillilar boʻlsa, biz xursand boʻlamiz”, — deya savob ishga chorlagan xonanda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq suv toshqinidan jiddiy zarar koʻrgan Sardoba aholisi uchun koʻp qavatli uy-joylar qurilishi va xonadonlar begʻaraz ajratilishi xabar qilingan edi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular